Roqiya Abubakr
Roqiya Abubakr (1917-yil 7-iyunda tugʻilgan, vafot sanasi nomaʼlum)[1] afgʻon siyosatchisi va mamlakat parlamentiga saylangan birinchi ayol edi.
Tarjimai holi
tahrir1917-yilda tug‘ilgan Roqiya Abubakr 1933-yil avgust oyida birinchi turmush o‘rtog‘i M.Yusufga turmushga chiqqan. Ikki yildan keyin Yusuf vafot etgan[1]. Roqiya Kobul universitetining sotsiologiya fakultetida o‘qigan va 1940-yilda o‘qituvchilik faoliyatini yuritgan. 1941-1949 yillarda Kobuldagi Zargʻuna qizlar maktabining direktori boʻlgan. 1945-yilda M. Abubakrga turmushga chiqqan; er-xotin ikki qiz va bir oʻgʻil dunyoga keltirgan va 1970-yilda ajrashishgan[1].
Zarg‘una qizlar maktabini tugatgandan so‘ng 1962-yilgacha Ayollar farovonligi jamiyatida bosh direktor bo‘lib ishlagan, 1963-yilda Maorif vazirligiga ishga kirgan[1]. Qizil yarim oy jamiyati bosh direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan.
1964-yilda Abubakr Konstitutsiyaviy Assambleyaga saylanadi, u ayollarning saylov huquqini joriy qilishni oʻz ichiga olgan 1964-yilgi konstitutsiyani[1] ishlab chiqadi. Keyinchalik Roqiya 1965-yilgi saylovlarda parlamentga saylangan toʻrt ayoldan biri[2] boʻlib, Kobul shahrining Birinchi tumani vakili edi.[3]
U 1965-yilgi saylovlardan keyin parlamentga aʼzo boʻlgan birinchi olti ayoldan biri edi: Anahita Ratibzod, Xadicha Ahrari, Roqiya Abubakr, Hirotlik Maʼsuma Esmati, Homayra Saljuqiy va Aziza Gardiziy[4].
Biroq, Roqiya 1969-yilgi saylovlarda qatnashmagan[5].
Abubakr 1972-yildan 1973-yilgacha savodxonlik dasturining milliy direktori sifatida xizmat qilib, Taʼlim vazirligiga qaytib kelgan[1]. U besh yil davomida Afg‘oniston radiosida boshlovchilik qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 World Whos Who of Women 1992-93 p404
- ↑ Women and the Elections: Facilitating and Hindering Factors in the Upcoming Parliamentary Elections AFEU
- ↑ The Kabul Times Annual, Volume 1, p121
- ↑ Hafizullah Emadi, Repression, Resistance, and Women in Afghanistan
- ↑ Louis Dupree (2014) Afghanistan Princeton University Press, p653