Rossiya jinoyat qidiruv xodimlari kuni

Jinoyat qidiruv xodimlari kuni — Rossiya Federatsiyasi jinoyat qidiruv xodimlarining kasb bayrami. Ushbu sana Rossiyada har yili 5-oktabrda nishonlanadi.

Jinoyat qidiruv xodimlari kuni tarixi

tahrir

1918- yil 5-oktabrda RSFSR NKVD’da Markaziy jinoyat qidiruv boshqarmasi — Tsentrorozysk („Jinoyat qidiruv boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom“[1] ga muvofiq) tashkil etildi. Shu bois, garchi jinoyat qidiruv boʻlimi Rossiya imperiyasida ham faoliyat yuritgan boʻlsa-da, bayram sifatida ushbu sana belgilandi.

2008-yili RF Ichki ishlar vaziri Rashid Gumarovich Nurgaliyev Rossiya jinoyat qidiruv boshqarmasining 90 yilligi munosabati bilan qilgan tabrik nutqida quyidagilarni qayd etdi:

Jinoyat qidiruv boshqarmasi haqli ravishda fuqarolarning hurmatiga sazovor boʻldi. Aynan uning xodimlari har doim jinoyatchilikka qarshi kurashda oldingi safda boʻlgan va shunday boʻlib qolmoqda, hayot uchun xavf tugʻdiradigan eng qiyin damlarda doimo chidamlilik, bardosh namoyon etib, oʻzlarini munosib tuta bilishgan. Ular doimo jinoyatlarga nisbatan murosasizlik, halollik va intizomliligi bilan ajralib turishgan. Xizmat burchini ado etish davrida ham, Ulug Vatan urushining ogʻir yillarida ham shunday boʻlgan. Hozir ham shu tarzda davom etmoqda[2].

Darhaqiqat, Ichki ishlar vazirligi tizimida eng kam sonli, ammo eng muhim boʻlinmalardan biri bu — jinoyat qidiruv boshqarmasi hisoblanadi[3]. Jinoyat qidiruv xodimlari kuni — 5-oktabrdir.

Shu kuni koʻplab telekanallar jinoyat-qidiruv xodimlarining faoliyatiga bagʻishlangan filmlarni namoyish etadi. Masalan, Men, tergovchi; Jjinoyat qidiruv inspektori (film), Jinoyat qidiruv kunlari shular jumlasidan.

Boshqa mamlakatlarda jinoyat qidiruv xodimlari kuni

tahrir

Ukraina

Ukrainada jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari kuni mamlakat Xalq Komissarlari Kengashining farmoni bilan respublikada sud-jinoyat qidiruv boʻlimi tashkil etilgan kunda nishonlanadi. Hujjat 1919-yil 15-aprelda qabul qilingan.

Yana qarang

tahrir
  • Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar organlari xodimining kuni
  • OMON kuni
  • Rossiya Ichki ishlar vazirligining shtab-kvartirasi tashkil etilgan kun
  • Tuman militsiya xodimlari kuni
  • Tergov organlari xodimining kuni

Mabalar

tahrir