Rossiyada ayollar huquqlari - Rossiya jamiyatidagi ayollarning huquqiy holati, shuningdek, ijtimoiy institutlarni tartibga soluvchi qoidalar va normalar tizimi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2020-yilgi hisobotiga koʻra, Rossiya inson taraqqiyoti yuqori darajada boʻlgan mamlakatlar qatoriga kirgan va gender tengsizlik boʻyicha 189 mamlakat ichida 52-oʻrinni egallagan[1].

Anʼanaga koʻra, rus jamiyati patriarxal edi, bu yerda oilani boshqarish va tirikchilik qilish erkaklarka ishonib topshirilgan, ayollar esa oila oʻchogʻini saqlashga masʼul boʻlganlar, ammo 20-asrda vaziyat oʻzgargan. Bugungi kunga kelib, koʻpchilik turmush qurgan ayollar erkaklar kabi ishlaydi.

Anʼanaviy oilalar

tahrir
 
Goritsi qishlogʼidagi yosh rus dehqon ayollari, Prokudin-Gorskiy 1909-yil

Tarixiy jihatdan, rus jamiyatidagi ayol, huquqiy va madaniy cheklovlar tufayli, oiladan tashqarida boʻlishi mumkin emas edi[2]. Anʼanaviy rus oilasi har doim katta va uch avloddan iborat boʻlgan, oila boshligʻi - „bolshak“ eng keksa turmush qurgan erkak boʻlgan, turmush qurmagan erkak esa pastroq maqomga ega boʻlgan. Oilaviy munosabatlar qatʼiy ierarxiya asosida qurilgan: kichigi oqsoqolga, ayol - erkakka, bolalar - ota-onaga boʻysungan. Oiladagi ayollar oʻrtasida oʻzlarining ierarxiyasi ham yaratilgan: eng yuqori maqomga katta erkakning xotini - katta ayol ega edi, lekin oilada faqat erkaklar ovoz berish huquqiga ega boʻlgan. Agar qiz turmushga chiqsa, u yangi erining uyiga koʻchib oʻtadi va uning oilasiga hurmat bilan munosabatda boʻlishi shart edi. Nikohdan oldin qiz poklikni saqlashga majbur edi, aks holda u va uning oilasi uchun bu katta sharmandalikka, qishloqning qoralanishiga sabab boʻlgan. Noqonuniy bolalar juda kam boʻlsa-da, ular qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolishgan, chunki otalari ularni koʻpincha tashlab ketishgan. Ayolning asosiy fazilati „insonning maʼnaviy koʻpayishi“ va „bolaning muborak tugʻilishi va tarbiyasi“ deb hisoblangan. Ayolning eng muhim fazilatlari: hayo, uyatchanlik, kamtarlik, saxiylik, samimiylik, mehribonlik, yordam, sabr-toqat, mehnatsevarlik, tezkorlik, xushchaqchaqlik va dindorlik boʻlgan. Ayolning asosiy vazifalaridan biri bolalarni qoʻllab-quvvatlovchi, sabr-toqatli, mehnatsevar va farzandlarni oʻz oilasining anʼanalarini davom ettirishga loyiq boʻlishlari uchun tarbiyalash deb hisoblangan.

Kiyimga qoʻyiladigan talablar

tahrir
 
An'anaviy kiyimdagi dehqon qiz, Ivan Kulikov, 1912-yil

Turmushga chiqqan Sharqiy slavyan ayollari uchun boshlarini bosh kiyim bilan yopish majburiy edi va sochlarini omma oldida koʻrsatish odobsizlik deb hisoblangan. Xristian dinining tarqalishi bu anʼananing kuchayishiga olib keldi. Sochni yopish talabi qadimgi eʼtiqodlardan kelib chiqqan boʻlib, unga koʻra ayollarning sochlari sehrli kuchga ega va ayol yoki uning oilasiga zarar etkazishi mumkin deb hisoblangan. Xristianning tarqalish davrida ochiq sochlar vasvasa bilan bogʻliq edi va vasvasaga uchragan ilonning ramzi boʻlgan. Bosh kiyim koʻpincha ayolning ijtimoiy va oilaviy mavqeini koʻrsatgan.

Ayollarning asosiy anʼanaviy kiyimi keng yengli, keng va boʻsh sarafanlar boʻlib, ular bosh va qoʻllardan tashqari ayolning tanasini deyarli yoki butunlay yopib turgan. Ayolning ijtimoiy mavqeiga qarab, kiyimlari kashtalar va boshqa turdagi bezaklar bilan boy tarzda bezatilgan. Qoidaga koʻra, badavlat erning uy bekasi hashamatli kiyimlarni koʻrsatish imkoniyatini qoʻldan boy bermagan. Cherkov bunga qarshilik qilmagan va hatto cherkovga borishda „ruh, tana pokligi va kiyimning goʻzalligiga rioya qilish“ zarurligini taʼkidlab, uni ragʻbatlantirilgan[3].

Rossiya armiyasi va dengiz flotidagi ayollar

tahrir
 
Valentina Matvienko, Federatsiya Kengashi raisi va Rossiyadagi eng kuchli ayol siyosatchi

Rossiya Federatsiyasi

tahrir

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2020-yilgi hisobotiga koʻra, Rossiya insoniyat taraqqiyoti yuqori darajada boʻlgan mamlakatlar qatoriga kiradi va gender tengsizlik boʻyicha 189 mamlakat ichida 52-oʻrinni egallaydi. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi ayollar va erkaklarning huquqiy va siyosiy huquqlar, mulk huquqi va shaxsiy hayotining daxlsizligi boʻyicha teng huquqlikni mustahkamlaydi[4]. Shu bilan birga, homilador ayollar va kichik bolali ayollar uchun cheklovlar va imtiyozlar kengaytirilgan, shuningdek, ayollar uchun ularning sogʻligʻi va onaning reproduktiv salomatligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kasblarni, xususan, ogʻir yuklar, zararli mehnat sharoitlari, yer osti ishlari va boshqa ogʻir koʻtarish bilan bogʻliq kasblarni belgilaydi. 2020-yil oxirigacha ayollar mehnati taqiqlangan kasblar 456 tani tashkil etgan[5]. 2021-yil 1-yanvardan boshlab Rossiya Federatsiyasi Mehnat vazirligining buyrugʻi bilan ushbu roʻyxat 100 taga qisqartirildi[6][7].

Rossiya Federatsiyasining 1993-yildagi Konstitutsiyasining 19-moddasida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi kafolatlangan[8]. Rossiya Federatsiyasi Mehnat kodeksiga (254-256-moddalar) muvofiq ayollar haq toʻlanadigan tugʻruq taʼtillari, pullik ota-ona taʼtillari va bola 3 yoshga toʻlgunga qadar haq toʻlanmaydigan ota-ona taʼtillari mavjud[9]. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi ayollar ikki yoki undan ortiq bola tugʻilishi yoki asrab olinishida onalik kapitalini olish huquqiga ega[10].

Tarixiy jihatdan qaralganda, rus ayoli siyosatda zaif yoki umuman namoyon boʻlmagan. Bu koʻpchilik ayollar jamoat arbobi boʻlishdan va buning natijasida zoʻravonlik yoki kamsitish ob'ektiga aylanishdan qoʻrqib, jamoat sohasida eʼtibordan chetda qolishni afzal koʻrishlari bilan izohlanadi[11]. Biroq, 20-21-asrlar burilishlari ayollarning siyosiy hayotga bosqichma-bosqich kirishi bilan ajralib turdi: masalan, agar SSSRda ayollar siyosatda deyarli vakil boʻlmagan boʻlsa, 2000-yillarning boshlarida Rossiya partiyalari ayollarni vakil qila boshladilar. 1999-yil holatiga koʻra, siyosiy partiyalar aʼzolarining oʻrtacha 10 foizini ayollar tashkil etgan[11]. 2003-yil holatiga koʻra, ayollar Sankt-Peterburgdagi maʼmurlarning 43% ni tashkil etgan[12]. Shu bilan bir qatorda, jamoatchilik fikri ham oʻzgarishlarga uchradi: masalan, agar 1999-yildagi soʻrovlar natijasiga koʻra, erkaklarning katta qismi ayollarning siyosatda oʻrni yoʻq degan fikrni qoʻllab-quvvatlagan va ayollar hayrat yoki loqaydlik bildirgan[11], keyin 2006-yilda ayollarning siyosatdagi ishtirokini soʻrovda qatnashgan erkaklarning 35 foizi qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, 2014-yilda ularning ulushi 51 foizga koʻtarildi va 2016-yilda bu ulush allaqachon 77 foizni tashkil etdi[13].

  1. {{{заглавие}}}.
  2. Гавров 2009.
  3. „Особенности национального русского костюма“. Матроны. 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Глава 2. Права и свободы человека и гражданина“ (ruscha). Конституция Российской Федерации. 22-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Постановление Правительства РФ от 25.02.2000 N 162 Об утверждении перечня тяжелых работ и работ с вредными или опасными условиями труда, при выполнении которых запрещается применения труда женщин“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2014-yil.
  6. „В России сократился список запрещенных для женщин профессий“ (ruscha). РБК (1-yanvar 2021-yil). 2-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2021-yil.
  7. „Ограничения на труд женщин пересмотрены“ (ruscha). mintrud.gov.ru (16-avgust 2019-yil). 1-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2021-yil.
  8. „Chapter 2. Rights and Freedoms of Man And Citizen - The Constitution of the Russian Federation“. Constitution.ru. 28-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  9. РФ, ТК „Статья 255. Отпуска по беременности и родам“. Trudkod.ru (17-avgust 2014-yil). 25-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2017-yil.
  10. „Федеральный закон от 29 декабря 2006 года N 256-ФЗ «О дополнительных мерах государственной поддержки семей, имеющих детей»“. 27-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-noyabr 2019-yil.
  11. 11,0 11,1 11,2 А. Кистауова. „Нужны ли женщины в политике?“ (ru). Демократия.ру (23 декабря 2016 года). 23-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Tavernise, Sabrina. „Women Redefine Their Roles in New Russia“ (inglizcha). The New York Times (9-mart 2003-yil). 30-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2012-yil.
  13. „Опрос: треть россиян хотят видеть президентом России женщину“ (ru). Газета.Ru (2016-yil 4-mart). 2016-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.