Roviy

sanad zanjirida turib, oʻzidan oldingi kishidan hadis eshitib, rivoyatning barcha shartlariga rioya qilgan holda o‘sha hadisni keyingilarga aytgan kishi

Roviy (arabcha — الراوي — rivoyat qiluvchi, hikoya qiluvchi) — sanad zanjirida turib, oʻzidan oldingi kishidan hadis eshitib, rivoyatning barcha shartlariga rioya qilgan holda o‘sha hadisni keyingilarga aytgan kishi. Roviyning rivoyatiga uning talab darajasida bajarishi va adolatiga qarab baho beriladi. Roviyning darajasi tugʻilgan va vafot sanasi, ustozi, shogirdlari va boshqa omillar orqali aniqlanadi. Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy kabi allomalar muhaddis va roviy hisoblanadi. Ulargacha hadislar ogʻzaki rivoyat qilingan. Ibrohim ibn Ali Basriy, Yazid ibn Ibrohim Tustariy, Fotima bint Saʼd kabilar mashhur roviylar hisoblangan. Roviy ishonchli yoki zaif boʻlishi mumkin.

Manbalar

tahrir

Islom ensiklopediyasi. -T.: "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2017. 386.