Ruben (Yoqubning oʻgʻli)
Ruben (ivritcha: רְאוּבֵן, Standard Rəʾūven, Tiberian Rŭʾūḇēn)[2] Yoqubning ayoli Leaxning olti oʻgʻlining tongʻichi boʻlgan. Ibtido kitobiga koʻra u (Yoqubning katta oʻgʻli) Isroilning Ruben qabilasi asoschisi hisoblanadi.
Ruben ivritcha: רְאוּבֵן | |
---|---|
Tavalludi | mil. avv. 1669 |
Vafoti | mil. avv. 1445 |
Bolalari |
|
Otasi | Yoqub |
Onasi | Leax |
Bibliyadagi manbalarda
tahrirIbtido kitobida Ruben haqida qisqacha maʼlumot yozilgan. U otasining kanizagi va oʻzining oʻgay onasi Bilxa bilan jinsiy aloqada boʻlgani haqida soʻz boradi[3]. Oʻlim toʻshagida yotgan Yoqub Rubenga „Bundan keyin aslo ustun boʻlmaysan. Otangning yotogʻiga sen kirding, Toʻshagimga chiqib uni bulgʻading“, – degan. Rubenning bu xatti-harakati Yoqubni gʻazablantirgan edi[4].
Rubenning oilasi
tahrirIbtido 46:9 ga koʻra, Rubenning toʻrtta oʻgʻli boʻlgan: Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi. Yoshua 15:6 ga koʻra, Ruben oʻgʻli Boxanning toshi Yahudo qabilasiga ajratilgan yerning chegarasi boʻylab nuqtani belgilab qoʻygan.
Manbalar
tahrir- ↑ Genesis 46:9
- ↑ Khan, Geoffrey. The Tiberian Pronunciation Tradition of Biblical Hebrew, Volume 1.. Open Book Publishers, 2020. ISBN 1783746769.
- ↑ Genesis 35:22
- ↑ Genesis 49:4