Ruboiylar. Umar Xayyom
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ruboiylar – mazkur kitobda keltirilgan ruboiylar oʻrta asrning buyuk riyoziyotchi, faylasuf va munajjim olimi, XIX-XX asrdan boshlab jahon she’riyati klassiklari qatorida sharafli oʻrin egallagan, hozir ham she’riyat osmonining yorqin yulduzlaridan biri boʻlmish buyuk siymo Umar Xayyom qalamiga mansubdir.
Asl nomi | Ruboiylar. Umar Xayyom |
---|---|
Mamlakat | O'zbekiston Toshkent |
Til | fors oʻzbek rus ingliz |
Janr(lar)i | ruboiy |
Nashr etilgan sanasi | 1997 |
Nashriyot | “Sharq” nashriyot-matbaa kontserni |
Sahifalar soni | 128 bet |
U oʻz ruboiylarida ham ilmiy-falsafiy kitoblarida boʻlganidek olam sirlari, hayot haqiqatini izlaydi, bu boradagi fikru oʻylarini ajoyib she’riy obrazlarga o’rab, moʻjizakor tortliklarda ifodalab beradi.
Mazkur kitobda ruboiylar toʻrt tilda (fors, oʻzbek, rus va ingliz tillarida) berilgan.
Tarjima mualliflari:
oʻzbek tili – Shoislom Shomuhamedov
rus tili – Nikolay Strijkov va Alisher Shomuhamedov
ingliz tili – Edvard Fitzjerald
Mazkur kitobdan fors, oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi adabiyot muxlislari foydalanishi mumkin.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Ruboiylar. Umar Xayyom. Tuzuvchi Shoislom Shomuhamedov,“Sharq” nashriyot-matbaa kontserni, 1997, 128 bet