Rumen Radev

Bolgariya prezidenti

Rumen Georgiev Radev (bolgarcha: Румен Георгиев Радев; 18-iyun 1963-yil) – Bolgariya harbiy va siyosiy arbobi, 2017-yil 22-yanvardan mamlakatning 5-prezidenti.

Rumen Radev
bolgarcha: Румен Георгиев Радев

2018-yilda
 Bolgariya Prezidenti
Mansab davri
2017-yil 22-yanvardan
Hukumat boshligʻi Iliana Iotova
Boyko Borisov
Ognian Gerjikov
Boyko Borisov
Stefan Yanev
Kiril Petkov
Galab Donev
Nikolay Denkov
Oʻtmishdoshi Rosen Plevneliev
 Bolgariya harbiy havo kuchlari qoʻmondoni
Mansab davri
2014-yildan – 2016-yilgacha
Oʻtmishdoshi Simeon Simeonov
Vorisi Tsanko Stoikov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-iyun 1963-yil (1963-06-18) (60 yosh)
Dimitrovgrad
Mukofotlari
1-darajali Qutqaruvchi ordeni sohibi
1-darajali Qutqaruvchi ordeni sohibi
Unvoni General-mayor

Biografiya tahrir

1963-yil 18-iyunda Dimitrovgradda tugʻilgan[1].

1987-yilda harbiy havo kuchlari universitetini tugatgan.

1992-yilda AQShdagi „Maxwell“ harbiy maktabini tugatgan.

1994—1996-yillarda Rakovskiy nomli mudofaa kollejini tugatgan[2].

Harbiy fanlar doktori. Ingliz, nemis, rus tillarini biladi. 1-darajali uchuvchi.

1987—1998 – Ravnetsdagi 15-qiruvchi samolyotlar aviatsiya polkida kichik pilotdan eskadrilya komandirgacha xizmatda.

1998—1999 – Ravnetsdagi 5-aviabaza komandiri oʻrinbosari.

1999—2000 – Graf Igantievodagi 3-aviabaza shtabi komandiri.

2000-yilda – NATO harbiy kurslari tinglovchisi.

2000—2005 – Graf Igantievodagi 3-aviabaza shtabi boshligʻi.

2005—2009 – Graf Igantievodagi harbiy aviabazalar shtabi komandiri.

2009—2014 – Bolgariya harbiy havo kuchlari qoʻmondoni oʻrinbosari.

2014—2016 – Bolgariya harbiy havo kuchlari qoʻmondoni.

Bolgariya sotsialistik partiyasi aʼzosi. 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida mamlakat prezidentligiga saylandi[3][4][5][6][7][8].

2017-yil 22-yanvarda qasamyodga keltirildi[9].

2021-yilgi prezident saylovida Radev ikkinchi muddatga saylandi[10].

Manbalar tahrir