Running with the Wolves“ norvegiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Auroraning debyut mini-albomidir. 2015-yilning 4-mayida Decca va Universal Music leybllarida eʼlon qilingan.

Runing with the Wolves
Aurora mini-albomi
Chiqarilgan sanasi 2015-yil 4-may
Yozib olingan sanasi 2013—2015
Davomiyligi 14:59
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Leybl Decca, Universal
Aurora xronologiyasi
Runing with the Wolves
(2015)
All My Demons Greeting Me as a Friend
(2016)

Kompozitsiya tahrir

Auroraning soʻzlariga koʻra „Running with the Wolves“ning har bir qoʻshigʻi har xil mavzuga ega boʻlib, u „kasalmand, xayolparast, hayvoniy keyin esa juda qaygʻuli“[1]. „Runaway“ 2015-yil 7-fevralda Petroleum Records orqali chiqarilgan Running with the Wolvesning asosiy qoʻshigʻi hisoblanadi[2]. Qoʻshiq albomning ikkinchi va oxirgi qismida kuylangan. Qoʻshiq, shuningdek, Tom Moore tomonidan suratga olingan Wolfwalkers (2020) filmida saundtrek sifatida foydalanilgan.

Reliz tarixi tahrir

Running with the Wolves 2015-yil 4-mayda chiqarilgan[3][4].

Albomni ommalashtirish uchun Aurora bir nechta chiqishlar qildi. U 2015-yilgi Nobel tinchlik mukofoti konsertida chiqish qildi[5]. U 2015-yilda Londonda oʻzining konsertini berdi va shu yilning noyabr oyida Brixton Acadameyda Of Monsters and Men dasturida qatnashdi[6]. „Runaway“ taronasidan Fox telekanali orqali efirga uzatilgan The Following teleserialining uchinchi mavsumida ishlatilgan[7].

Manbalar tahrir