Ruslan Yarkulovich Uzoqov (1967-yil, 6 mart, Navoiy, Oʻzbekiston SSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, himoyachi; murabbiy.

Ruslan Uzoqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ruslan Yarkulovich Uzoqov
Tavallud sanasi 6-mart 1967-yil (1967-03-06) (57 yosh)
Tavallud joyi Navoiy,
Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 182 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1984—1990 Sovet Ittifoqi Zarafshon 207 (12)
1991 Sovet Ittifoqi Paxtakor 20 (0)
1992—1993 Ukraina Torpedo (Zaporojye) 39 (0)
1993 Ukraina Shaxtyor (Donetsk) 3 (0)
1994 Rossiya Shaxtyor (Shaxta) 31 (5)
1995—2001 Rossiya Nosta 209 (52)
2002 Rossiya Gazovik (Оrenburg) 26 (4)
2003—2004 Rossiya Nosta 52 (10)
Milliy terma jamoa
1997—1999 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 3 (0)
Boshqargan klublari
2013—2016 Rossiya Chelyabinsk (assistant)
2016—2017 Rossiya Chelyabinsk
2017—2018 Rossiya Chelyabinsk (assistant)
2018 Rossiya Chelyabinsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

1967-yil 6-martda Navoiy shahrida tugʻilgan. Futbolni oʻzi tugʻilgan shahardagi BOʻYMda boshlagan. Birinchi murabbiyi R.Ibadulin boʻlgan. Keyinroq „Zarafshon“ (Navoiy) klubining oʻquv-mashgʻulot guruhiga (oʻsha paytdagi yoshlar akademiyasi analogi) oʻtib, klubda 1983-yilgacha oʻynagan. Futboldagi profissional faoliyatini 1984-yili „Zarafshon“ (Navoiy) klubi aʼzosi sifatida boshlagan, 1991-yili „Paxtakor“ jamoasiga qabul qilingan.

1992-yil boshida „Torpedo“(Zaporojye) klubiga taklif qilingan. 1992-yil 23-fevralda „Odessa“ga qarshi Ukraina kubogi 1/16 finali doirasidagi uy uchrashuvida zaporijya klubi safida debyut qilgan. Uchrashuvda Uzoqov asosiy tarkibda maydonga tushirilgan va butun oʻyin davomida maydonda harakat qilgan.

1992-yil 7-martda 1-kichik guruhning 1-turida Simferopolning „Tavriya“ jamoasiga qarshi safarda magʻlubiyatga uchragan (0:2) oʻyinda Premer-ligada debyut qilgan. Uzoqov „Torpedo“ libosida Ukraina chempionatlarida 39 ta, Ukraina kubogida esa 14 ta oʻyin oʻtkazgan. 1993-yilning yozida Donetskning „Shaxtyor“ klubiga oʻtgan. 1993-yil 11-sentabrda Ukraina Premer-ligasining 6-turida Odessaning „Chornomorets“ jamoasiga qarshi uy uchrashuvida gʻalaba qozongan (4:1) „Pitmenlar“ safida debyut qilgan. Uchrashuvda Ruslan 75-daqiqada Sergey Yashchenkoning oʻrniga maydonga tushirilgan[1]. Uzoqov „Shaxtyor“ safida Ukraina chempionatida 3ta oʻyinda, Ukraina kubogida esa ikkita oʻyinda maydonga tushgan.

1995—2004-yillarda „Nosta“ (Novotroitsk) sharafini himoya qilgan. 2002-yilgi mavsumda Ruslan „Gazovik“ safida oʻynagan. 2004-yilda 37 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunlagan[2].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

1997—1999-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2005-yilda „Nosta“ TMTMda bolalar murabbiyi lavozimida ishlagan[3]. 2013-yilning iyulidan 2016-yilning 15-iyuniga qadar „Chelyabinsk“ klubida murabbiy, 2016-yilning 16-iyunidan klub bosh murabbiyi lavozimlarida ishlagan.

Yutuqlari tahrir

  • Ukraina chempionati Premer-ligasi:
  • 2 Kumush medal sohibi (1): 1994-yil

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir