Rustam Hakimovich Abdushukurov (1908.22.12, Kattaqoʻrgʻon — 1981.21.4, Toshkent) — faylasuf olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori (1965), professor (1968). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent Davlat Universiteti va boshqa oliy oʻquv yurtlari falsafa kafedralarida dotsent (1946 — 57). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya (1957 — 59), Falsafa va huquq (1959 — 64) institutlarining katta ilmiy xodimi, sektor mudiri (1971-yildan), Falsafa ka-fedrasining mudiri (1964 — 71). Ilmiy ishlari milliy masala, madaniyat muam-molariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil