Rustam Muhsinovich Hamidov (1949.15.7, Toshkent) — rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1992), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1985). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1972). 1972-93 yillar Hamza teatrida rejissyor, bosh rejissyor, 1993-97 yillarBayramlar oʻtkazish direksiyasi rahbari, 1997-2005-yillar Toshkent shahri madaniyat boshqarmasi boshligʻi. "Koʻrmayin bosdim tikonni" (I.Sulton) spektakli uning dastlabki yutugʻi boʻldi. "Qiyomat qarz", "Shoshma, quyosh", "Kuzning birinchi kuni", "Arizasiga koʻra", "Kurort" (hammasi Oʻ.Umarbekovniki), "Oʻgrini qaroqchi urdi" (Shukrullo), "Kuyov" (S.Ahmad), "Olovni tashlama, Pro-metey" (M.Karim), "Baland qoyadagi ayollar" (Vuoliyoki), "Gʻiybat" (A.Salinskiy), "Alla" (T.Minul-lin), "Hazrati ayol" (O.Jahonova) kabi spektakllarni sahnaga qoʻygan. Andijon teatrida qoʻyilgan "Shohona ishrat" (V.Gyugo) spektakli rejissyorning jahon mumtoz dramaturgiyasi sohasidagi dastlabki izlanishi boʻldi, 1984-yil Ye.Simonovga "Otel-lo" spektaklini qoʻyishda hamkorlik qildi va 1988-yil mustaqil "Ko-riolan" (U.Shekspir)ni sahnalashtirdi. H. sahnalashtirgan spektakllari romantik koʻtarinkiligi, mavzular xilma-xil va dolzarbli-gi, yumorga boyligi, hajviy oʻtkirligi bilan ajralib turadi.

Oʻzbekistonda teatrlashgan ommaviy tomoshalar turi rivojlanishida H.ning oʻrni alohida. 1992-yildan buyon oʻtkazilayotgan "Mustaqillik", "Navroʻz" kabi bayramlarning ssenariy mualliflaridan biri, rejissyori, bosh rejissyori. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan muko-fotlangan (1998).