Rustam Islomov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Rustam Islomov (1899—1937) — oʻzbekistonlik jamoat hodimi, Arzoq komiteti“ va Sredazbyuro tashkilotlari boʻlim mudiri.
Rustam Islomov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1899-yil |
Vafoti | 1937-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Hayoti va mehnat faoliyati
tahrirRustam Islomov Toshkent shahrida mirshab Shoislom Inogʻomov oilasida dunyoga kelgan. 1907—1917-yillarda amakisi Shohaydar Inogʻomov qoʻlida ishlagan. 1910—1911-yillarda Skobolev (Fargʻona) rus-tuzem maktabida, soʻng 1917-yilda Toshkentga kelib, olti oylik umumtaʼlim kursida oʻqigan.
„Izchillar toʻdasi“ning musiqa dastasida musiqachi sifatida ishlab koʻradi. 1918-yilda esa Turon kutubxonasida kutubxonachi boʻlib ishlaydi. 1919-yildan eski shahar komsomol yetakchisi vazifasida boʻladi. 1919—1920-yillarda qizil qoʻshin siyosiy boʻlimi rahbari vazifasida, inqilobiy harbiy kengash targʻibot guruhida mudir va 1920—1921-yillar oraligʻida Toshkent „Arzoq komiteti“da boʻlim mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan. 1920-yil sentabrda Bokuda oʻtkazilgan Sharq xalqlari qurultoy ishtirokchisi boʻladi[1].
1921—1923-yillarda Turkiston oziq-ovqat (arzoq) komissariati prezidiumi aʼzosi, 1923-yildan Turkiston Markaziy Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, 1924-yildan esa Sobiq SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan. Undan soʻng Turkiston Xalq Komissarlar Soveti Raisi va rais oʻrinbosari vazifasida ishlagan. Soʻngra Oʻzbekiston Birinchi taʼsis syezdi tashkiliy qoʻmitasi aʼzosi boʻladi. Oxir-oqibat „18“lar guruhini qoʻllagani uchun ishdan chetlashtirilgan.
1925-yil avgustdan Moskvadagi Y.Sverdlov nomidagi universitet talabasi boʻlishga muvaffaq boʻladi. 1929-yilda Toshkentga qaytgach Sredazbyuroda boʻlim mudiri, 1934-dan 1937-yil sentabrgacha Oʻzbekiston Yer ishlari xalq komissari boʻlib ishlaydi[2].
R.Islomov hayotlik chogʻida xalq xoʻjaligini rivojlantirish toʻgʻrisida bir nechta asarlar yozib qoldirgan: „1935-yilning paxta ishlaridagi vazifalar va kolxozni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida“ T.1935, „Oʻzbekiston sotsialistik chorvachiligida katta oʻsish“ T.1936 lar shular jumlasidandir.
Ayblov
tahrir1937-yil sentabrda qamoqqa olingan.
Oʻlimi
tahrirNKVD tomonidan 1938-yil 4-oktabrda oliy jazoga hukm qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ „ИСЛАМОВ Шарустам (Рустам)“. centrasia.org. Qaraldi: 13-may 2024-yil.