Rustam Murodov

oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor

Rustam Murodovich Murodov (1956-yil 2-yanvar, Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2004), professor (2008).

Rustam Murodovich Murodov
Tavalludi 2-yanvar 1956-yil (1956-01-02) (68 yosh)
Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis-mexanik
Sohasi sanoat
Taʼlimi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Rustam Murodov 1956-yil 2-yanvar Gʻallaorol tumanida tugʻilgan[1]. 1976-yilda oshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1976—1977-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kichik ilmiy xodimi, 1977—1980-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti aspiranti, 1980—1984-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti „Paxtani dastlabki ishlash“ kafedrasi assistenti, 1984—1985-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filiali „Texnikaviy mexanika“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1985—1992-yillarda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filiali „Texnikaviy mexanika“ kafedrasi mudiri, 1992—1995-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti „Texnikaviy mexanika“ kafedrasi mudiri, 1995—2000-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy boʻlim boshligʻi, 2000—2017-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimda ishlagan. 2017-yildan Namangan muhandislik-texnologiya institutining  „Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi“ kafedrasi professori[1]. 2023-yildan Namangan to'qimachilik sanoati instituti "To'qimachilik tolalari muhandisligi" kafedrasi professori.2

Ilmiy faoliyati

tahrir

Rustam Murodov 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2004-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida „Paxtani dastlabki texnologiyasida tashish jarayonining samaradorligini oshirish asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2008-yilda professor ilmiy unvoni berildi[1].

Mukofoti

tahrir
  • Shuhrat medali (2002).
  • Xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasining kumush medali sovrindori
  • Ixtirochilar va ratsionalizatorlar harakati a’lochisi

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.