Rustam To‘laganov
Rustam To'lqin o'g'li To'laganov (6-oktabr 1991-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik professional bokschi boʻlib, yarim ogʻir vazn toifasida ishtirok etadi. Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori (2016), havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2015).
Rustam To'lqin o'g'li To'laganov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
8-oktyabr 1991-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Boks |
Medallar | |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Olimpiya oʻyinlari | ||
Bronza | Rio-de-Janeyro 2016 | 91 kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Kumush | Bangkok 2015 | 91 kg gacha |
Havaskorlik faoliyati
tahrirRustam Toʻlaganov 2015-yil sentyabrda Bangkokdagi Osiyo chempionatida 91 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik Vasiliy Levitga magʻlub boʻlib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
U 2015-yil oktyabr oyida Dohada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, musobaqaning 1/16 finalida hakamlarning yakdil qarori bilan yangi zelandiyalik Devid Nik ustidan (3:0 hisobida) gʻalaba qozonadi, lekin chorak finalda esa kubalik Erislandi Savonga bir ovozdan (0:3 ball hisobida) imkoniyatni boy beradi.
Rustam Toʻlaganov 2016-yil avgust oyida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida 91 kg vazn bilan bronza medalini qoʻlga kiritadi.
Professionallik faoliyati
tahrirRustam 2017-yilning 27-oktyabrda amerikalik bokschi Robert Gerrani (2:5) hakamlarning yakdil qarori bilan (bal: 40-36, 40-36, 40-36) magʻlub etib, boksdagi professional faoliyatini boshlagan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Дмитрий Митрофанов и Рустам Тулаганов дебютировали на профессиональном ринге“. AllBoxing.Ru (29 октября 2017). Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
Havolalar
tahrir- Rustam Toʻlaganov — BoxRec