Rustam Usmonov — (Qirg‘iziston Respublikasi, Jalolobod 23-iyun 1948-yil). O‘z davrining yirik tadbirkori, O‘zbekistondagi ilk xususiy bank — “Rustambank” asoschisi[1].

Rustam Usmonov
Tavalludi 23-iyun 1948-yil (1948-06-23) (76 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Iqtisodchi
Dini Islom

Tarjimai holi

tahrir

Rustam Usmonov 1948-yilda Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida tavallud topgan. 1987-yilda O‘zbekistonda asalarichilik korxonasini ochdi, so‘ngra Markaziy Osiyo iqlimiga moslashtirilgan yomg‘ir chuvalchanglarni yetishtirish orqali millionlab pul ishladi. Chuvalchanglar orqali u biogumus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan[2]. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavsiyasiga muvofiq MDHdagi birinchi xususiy bankka asos solgan[3][4]. 1998-yil 19-oktyabrda Andijon viloyat sudining hukmi bilan tovlamachilik, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, mansab soxtakorligi bandi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki musodara qilingan holda 14 yil ozodlikdan mahrum qilingan[5]. 2012-yilning oktyabr oyida Usmonovga qamoqxona ichki tartibini buzganlik kabi qator ayblar qo‘yilib¸ qamoq muddati yana 5 yilga uzaytirilgan[6]. 2017-yilning 14-fevralida 19 yillik qamoq jazosidan so‘ng ozodlikka chiqdi[7].

Manbalar

tahrir