Rustambek Qurbonov
Qurbonov Rustambek Javdatovich (28.06.1954-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi, 2006—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari boʻyicha vaziri boʻlgan, 2009—2017-yillarda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori, 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
Qurbonov Rustambek Javdatovich | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1954-yil 28-iyun (68 yosh) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Maʼlumoti | Oliy — Toshkent politexnika instituti (kunduzgi) |
Mukofotlari |
Faoliyati
tahrir1971—1973-yillarda Toshkent 2-qurilish boshqarmasiga qarashli 1-Uy-joy qurilish kombinatida suvoqchi boʻlib ishlagan, soʻngra 1973—1975-yillarda Qurolli kuchlar safida xizmat qilgan. 1976—1985-yillarda Toshkent shahar Bosh qurilish boshqarmasi suvoqchi, prorab, instruktor-metodist, yoshlar tashkiloti kotibi, 6-qurilish tresti, 47-qurilish boshqarmasi prorabi boʻlib ishlagan. 1985—1989-yillarda — Sobir Rahimov tumani Partiya qoʻmitasi tashkiliy boʻlim metodisti, ishlab chiqarish boʻlimi metodisti, tashkiliy boʻlim mudiri, 1989—1990-yillarda esa Toshkent shahar partiya qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi metodisti lavozimlarida ishlagan.
1990—1992-yillarda Toshkent shahar hokimligi ijroiya qoʻmitasi Xalq deputatlari Kengashining tashkiliy-kadrlar boʻlimi mudiri, 1993-yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2001—2004-yillarda Toshkent shahar hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, 2004-yilda esa Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi boʻlgan. 2004—2009-yillarda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, 2005—2006-yillarda esa „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasi raisi boʻlgan. 2006—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari boʻyicha vaziri lavozimida ishlab kelgan.
2009-yilda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori etib tayinlangan, 2017—2018-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan. 2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Mukofotlari
tahrir- "Mehnat shuhrati" ordeni (2021-yil 30-iyul) — mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda turli millat va elat vakillari oʻrtasida bagʻrikenglik, mehr-oqibat va oʻzaro hamjihatlik muhitini qaror toptirishga qoʻshgan munosib hissasi, bu boradagi ulkan xizmatlari uchun oʻziga xos milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarni asrab-avaylash va rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama oʻzaro manfaatli munosabatlar va madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish, davlatimizning tinchliksevar va insonparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish, shuningdek navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jamiyat hayotida faol ishtirok etish ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli ishlarga toʻxtalib oʻtildi[1].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Указ Президента Республики Узбекистан от 30 июля 2021 года «О награждении группы соотечественников в связи с Днём дружбы народов»»“. 30-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2021-yil.