Ryan Graves (talaffuzi: Rayan Graves) (1995-yil 21-mayda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Ryan Graves hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „New Jersey Devils“ xokkey jamoasi safida faoliyat olib bormoqda.

Ryan Graves
Graves Colorado Avalanche klubida
Tugʻilgan joyi 21-may 1995-yil (1995-05-21) (28 yosh)
Yarmouth, Kanada
Boʻyi 6 ft 5 in (196 cm)
Ogʻirligi 226 lb (103 kg; 16 st 2 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
NHL
Sobiq jamoalar
New Jersey Devils
Colorado Avalanche
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 110-oʻrindagi tanlov, 2013
New York Rangers
Jamoalardagi faoliyat 2015—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Ryan Graves 2013-yilgi NHL kirish loyihasida „New York Rangers“ xokkey klubi safiga umumiy 110-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

New York Rangers tahrir

2015—2016-yilgi mavsumda Ryan Graves „New York Rangers“ klubining AHL filiali „Hartford Wolf Pack“ xokkey klubi safiga yuboridi. Ryan Graves ilk professional oʻyinini 2015-yil 10-oktyabr kuni „St Johnʼs IceCaps“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi. Ryan Graves oʻzining birinchi golini 2015-yil 23-oktyabrda „Syracuse Crunch“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:3 hisobida g‘alaba) kiritdi. qozonib, o‘zining birinchi golini va golli uzatmasini amalga oshirdi[1].

Keyingi 2016—2017-yilgi mavsumda Ryan Graves klub safida 30 ochko (8 gol, 22 golli uzatma) bilan klub xokkeychilari orasida yetakchilik qilishda davom etdi.

Colorado Avalenche tahrir

Ryan Graves „New York Rangers“ xokkey klubi tomonidan 2018-yil 26-fevralda Chris Bigras evaziga „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga almashtirildi[2]. Ryan Graves „Colorado Avalanche“ klubining AHL boʻlimi „San Antonio Rampage“ xokkey klubiga yuborildi.

17-iyul kuni Ryan Graves „Colorado Avalanche“ klubi bilan yana bir yillik shartnoma imzoladi[3]. 2018-2019-yilgi mavsumda Ryan Graves NHLdagi birinchi golini 2019-yil 4-yanvarda „New York Rangers“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi[4]. 8-iyul kuni Graves klub bilan yana bir yillik shartnoma imzolandi[5]. 2019-2020-yilgi mavsumda, asosan, Calder Memorial kubogi sovrindori Cale Makar bilan birga oʻynagan Graves eng yaxshi juftlik rolida ham gollar, ham ochkolar boʻyicha karyerasida eng yuqori koʻrsatkichlarni qoʻlga kiritdi. 2020-yil 12-oktyabrda Ryan Graves „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan uch yillik 9,5 million dollarlik shartnoma imzoladi[6].

Ryan Graves NHLdagi 100-uchrashuvini 2021-yil 22-yanvarda „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3-2 hisobida qoʻshimcha taymdagi gʻalaba) oʻtkazdi[7]. Ryan Graves mavsumdagi 56 oʻyinning 54 tasida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 15 ochkoni oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi.

New Jersey Devils tahrir

2021-yil 15-iyulda, yaqinlashib kelayotgan kengayish loyihasi muhokamalari tufayli, Ryan Graves Mixail Maltsev evaziga „Colorado Avalanche“ klubi tomonidan „New Jersey Devils“ klubiga almashtirildi[8].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010—2011 South Shore Mustangs NSMMHL 32 5 7 12 58 5 0 6 6 8
2010—2011 Yarmouth Mariners MJAHL 1 0 0 0 2 3 0 0 0 2
2011—2012 P. E. I. Rocket QMJHL 62 2 7 9 34
2012—2013 P. E. I. Rocket QMJHL 68 3 13 16 90 6 0 0 0 6
2013—2014 Charlottetown Islanders QMJHL 39 3 9 12 52
2013—2014 Val-dʼOr Foreurs QMJHL 26 2 8 10 16 24 1 7 8 24
2014—2015 Quebec Remparts QMJHL 50 15 24 39 49 21 5 6 11 25
2015—2016 Hartford Wolf Pack AHL 74 9 12 21 53
2016—2017 Hartford Wolf Pack AHL 76 8 22 30 69
2017—2018 Hartford Wolf Pack AHL 57 4 7 11 66
2017—2018 San Antonio Rampage AHL 21 1 5 6 7
2018—2019 Colorado Eagles AHL 32 2 7 9 26
2018—2019 Colorado Avalanche NHL 26 3 2 5 2
2019—2020 Colorado Avalanche NHL 69 9 17 26 45 15 1 2 3 6
2020—2021 Colorado Avalanche NHL 54 2 13 15 55 10 1 5 6 10
2021—2022 New Jersey Devils NHL 75 6 22 28 24
NHL jami 224 20 54 74 126 25 2 7 9 16

Manbalar tahrir

  1. „Pack's Graves wins AHL Skill Competitions hardest shot event“. Hartford Wolf Pack (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2016-yil 1-fevral.
  2. „Colorado Avalanche trade for Ryan Graves from New York Rangers for Chris Bigras“. Denver Post (2018-yil 26-fevral). Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
  3. „Avalanche Signs Geertsen, Graves, Martin“. NHL.com (2018-yil 17-iyul). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  4. Sadowski. „Avalanche score six in win against Rangers“. NHL.com (2019-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
  5. „Avalanche Re-Signs Ryan Graves“. NHL.com (2019-yil 8-iyul). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  6. „Avalanche Re-Signs Ryan Graves“. NHL.com (2020-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  7. „Avalanche, Ducks game summary“. ESPN (2021-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
  8. „Devils Acquire Defenseman Ryan Graves from Colorado“. National Hockey League (2021-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.