Toluol
(S6n5sn3dan yoʻnaltirildi)
Toluol (ispancha tolu – Tolu balzami – shundan ilk bor Toluol olingan), metilbenzol, S6N5SN3 – aromatik uglevodorod; yonuvchan, rangsiz suyuqlik, benzin hidi keladi. Qaynash temperaturasi 110,6°; koks gazida boʻladi. Sanoatda neft fraksiyasini termik ishlash mahsulotlaridan olinadi.
Issiqqa chidamli. Piroliz natijasida murakkab uglevodorodlar (benzol, ditolil, naftalin, antratsen) hosil boʻladi. Toluolni radiolizlab, ditolil, benziltolil, dibenzil olinadi. Toluolni 500—700° da vodorod bosimi (40—60 atm) ostida dimetillab, undan sanoatda benzol ishlab chiqariladi. Toulni katalitik oksidlab, benzil spirt, benzaldegid, benzoy kislota, malein angidrid hosil qilinadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |