SMBC Trust Bank
SMBC Trust Bank (Yap: (kanji)株式会社SMBC信託銀行 (kana)エスエムビーシーしんたくぎんこう, Ing: SMBC Trust Bank Ltd.) SMBC shoʻba korxonasi sifatida faoliyat yurituvchi, omonat va depozit xizmatlarini oʻz ichiga oluvchi tijorat bank hisoblanadi.
Turi | OAJ (Kabushiki Gaisha) |
---|---|
Egasi | Sumitomo Mitsui Banking Corporation |
Qachon asos solingan | 1986 |
Joylashuvi | 1-3-2 Marunouchi, Chiyoda-ku, Tokio, Yaponiya 〒100-0005 |
Rahbariyat | Ryuji Nishizaki |
Ishchilar soni | 1,667 (Mart-31, 2022) |
Vebsayti | smbctb.co.jp |
Tarixi
tahrirSMBC Trust Bank 1986-yilda JP Morgan Chase Group tomonidan ilk bor Chemical Trust Bank Co., Ltd. sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik, nomi oʻzgartirilib, Chase Trust Bank Co., Ltd. deb nomlangan va Société Générale tomonidan sotib olingandan soʻng, nomi S. G. Trust Bank Co., Ltd., va yana Société Générale Trust Bank Co., Ltd. deb oʻzgartirilgan.
2013-yil 1-oktyabrda Mitsui Sumitomo Bank Société Généraleʼga qarashli Société Générale Trust Bankning barcha aksiyalarini sotib olib, SMBC Trust Bank Co., Ltd. sifatida ish boshladi.[1]
2014-yil 25-dekabrda, SMBC Group Citi Group (Citi Bank)ning chakana bank boʻlimi, jumladan 2,44 trillion yenlik omonatlari, 32 ta filiali va taxminan 1,600 xodimini taxminan 40 milliard yen evaziga sotib oldi. SMBC Trust Bank ushbu boʻlim faoliyatini davom ettirib, faoliyatini boshlaganini eʼlon qildi.
Birlashish dastlab rejalashtirilgan sanadan kechikib, 2015-yil 1-noyabrda amalga oshirildi va SMBC Trust Bank yangi „PRESTIA“ brendi[2] ostida boʻlimni oʻz zimmasiga oldi. Birlashish eʼlon qilinishiga mos ravishda, Citi Bank xorijda joylashgan 1,9 millionta bankomat orqali naqd pul olish kabi barcha xizmatlarni davom ettirishini eʼlon qildi. Shuningdek, birlashishdan oldin, 2015-yil 13-apreldan boshlab, Citi Bank va SMBCning mavjud mijozlariga xizmatlardan foydalanishda imtiyozli toʻlovlarni taqdim etdi.[3]
Hozirda, yangi hisob raqamini ochishda balansga qarab xizmat haqi olinadi. Shuningdek, hisob raqamidagi balans 5000 yendan kam boʻlsa, pul yechib boʻlmaydi.