Saʼdulla Siyoyev
Saʼdulla Siyoyev (1939-yil 25-martda Qozogʻistoninng Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlogʻida tugʻilgan — 2021-yilning 21-fevralida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82 yoshida vafot etdi[1]) — yozuvchi, dehqon oilasida tugʻilgan. Qarnoqdagi oʻrta maktabda (1946—1956), Toshkent Davlat dorilfununida (1957—1962) oʻqidi. Saʼdulla Siyoyev Toshkent radiosida, respublika vaqtli matbuoti, „Mushtum“ satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u Oʻzbekiston uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi boshligʻidir.
Saʼdulla Siyoyev ijodi sheʼr yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki sheʼri 1956-yilda „Qizil Oʻzbekiston“ roʻznomasida bosiladi.
Hikoyalari
tahrir- „Qiz bolaning pandi“ (1963)
- „Ming bir qiliq“ (1964)
- „Charxpalak“ (1965)
- „Uyimizga mehmon keldi“ (1966)
Saʼdulla Siyoyevning hikoyalarida bugungi qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuygʻular ulugʻlanadi.
Hikoyalar toʻplamlari
tahrir- „Qasam ichmagan yigit“ (1970, birinchisi, lirik va hajviy-yumoristik)
- „Sadagang ketay“ (1972)
- „Toʻylar muborak“ (1975)
- „Oy borib, omon keeling“ (1976)
- „Ogʻir vaznli janjalkash“
- „Erkaklar uchun ertaklar“
Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuygʻularini ardoqlaydi.
Qissa va hikoyalar toʻplamlari
tahrir- „Yorugʻlik“ (1986)
- „Beparvo boʻlmoqchiman“ (1990)
- „Majnuntolning novdasi“ (1989, Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etilgan)
Romanlari
tahrir- „Avaz“ (1987)
- „Turkistonlik avliyo“ (hozida, tarixiy, Ahmad Yassaviy haqida)
Rus tilidagi toʻplamlari
tahrir- „Sneg na golovu“ (1988)
- „Skazki dlya mujchin“ (1989)
Saʼsulla Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirgʻiz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chogʻda u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning koʻplab hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[2].
Manbala
tahrir- ↑ „Таниқли адиб Саъдулла Сиёев 82 ёшда вафот этди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993
Havolalar
tahrir- Saʼdulla Siyoyev „Buyuk shaxslar“ portalida (Wayback Machine saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)
- Yozuvchi haqida qoʻshimcha maʼlumot (Wayback Machine saytida 2016-04-18 sanasida arxivlangan)
- Roman: Ahamad Yassaviy (online oʻqish)