Saʼdi Sirojiddinov
Saʼdi Hasanovich Sirojiddinov (1920.10.5, Qoʻqon 1988.29.4, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), fizikamatematikafanlari doktori (1953), professor (1956). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1942). Moskva universitetida katta ilmiy xodim (1953—56). Oʻrta Osiyo universitetida professor (1956-yildan). 1958-yildan. kafedra mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matematika instituti direktori (1957 —67), Toshkent Davlat Universiteti rektori (1966—70; 1983—87), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1970—1983). Ilmiy ishlari koʻp oʻzgaruvchili klassik koʻphadlarning muhim xossalariga bagʻishlangan. S.ning Markov zanjirlari uchun limit teoremalarni umumlashtirish va asimptotik yoyilmalar sohasidagi tadqiqotlari 50y. larda Toshkent matematika maktabining yanada yuksalishiga olib keldi. S. ehtimollar nazariyasi sohasidagi yutuqlarni matematik statistikaga qoʻlladi. 60-yillarda S. va uning shogirdlari oʻzaro bogʻliq boʻlmagan va Markov zanjirini tashkil qiluvchi tasodifiy miqdorlar hamda tasodifiy vektorlar yigʻindisi uchun limit teoremalariga doir muhim masalalarni hal qiddilar; shu masalalar bilan bogʻliqtekis baxrlashlarga oid tadqiqotlari katta tatbiqiy ahamiyatga ega. S. ommaviy xizmat koʻrsatish nazariyasi, statistikaning turli sohalari, statsionar jarayonlar nazariyasi va boshqa sohalarda ham keng koʻlamda tadqiqot olib borgan. Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy merosini oʻrganishda, Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston uchun yuqori malakali matematik mutaxassislar tayyorlashda S.ning xizmatlari katta. S, shuningdek, yosh matematiklar maktabini tashkil etish, Respublika yosh matematiklar olimpiadasini oʻtkazishda muayyan hissa qoʻshgan. S. Bernulli nomidagi xalqaro matematik statistika va ehtimollar nazariyasi jamiyati (Gollandiya)ning haqiqiy aʼzosi (1966). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973), "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002).[1]
Saʻdi Sirojiddinov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-may 1920-yil Fargʻona |
Vafoti |
29-aprel 1988-yil (67 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Manbalar
tahrir- ↑ Predelnie teoremi dlya markovskix protsessov, T., 1955; Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Additivnie zadachi s rastushim chislom slagayemix, T., 1975 (hamkorlikda).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |