Sa’id ibn Mutohhar Boxarziy
Hayoti va faoliyati
tahrirSaʼid ibn Mutohhar Boxarziy — toʻliq ismi Sayfuddin Abulmaʼoliy Saʼid ibn Mutohhar ibn Saʼid ibn Ali Qoidiy Boxarziydir. Saʼid ibn Mutohhar Boxarziy 586/1190 yili shaʼbon oyining toʻqqizinchi kuni Boxarzda tavallud topgan, Buxoroda istiqomat qilgan.
Ustozlari
tahrirShayx Najmiddin Kubro, Muayyid Tusiy, Ali ibn Muhammad Mavsiliy, Abu Futuh Husriy, Ismoil ibn Saʼdulloh ibn Hamdiy, Mushrif Xolisiydan, Ibrohim ibn Solor Xorazmiy.
Shogirdlari
tahrirNajmiddin Muqriy, Saʼduddin Sarjanbon, Ruhiddin Xorazmiy, Shamsiddin Kabir, Muhammad Kalona, Axiy Sodiq, Nofeʼiddin Badeʼ.
Asarlari
tahrirSaʼid ibn Mutohhar Boxarziy arab va fors tillarida „Sharhul asmail husno“ („Allohning goʻzal ismlari sharhi“), „Risola dar ishq“ („Ishq haqida risola“), „Voqeai hilvat“ („Xilvatdagi voqea“), „Ruboiyot“, „Roʻznoma“, „Vasiyatnoma“ va boshqa asarlar hamda toʻrtliklar yozgan.
Vafoti
tahrirU 1261 yili vafot etgan. Fathobod mavzei (Qarshi darvozasi roʻparasi)da dafn etilgan[1].
Adabiyotlar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 107.