Superfosfat, Ca(H2PO4)2•H2O•H2SO4 (erkin N3RO4 aralashmali) — asosiy fosforli oʻgʻit. Tabiiy fosfatlardan (apatit va fosforitdan) yoki appatit konsentratidan sulfat kislota bilan ishlab olinadi. Sanoatda bir necha xil S. ishlab chikariladi. Kukun (oddiy) S. — tez taʼsir qiluvchi, deyarli mushtlanmaydigan, rezina hidi keladigan kulrangoq unsimon universal oʻgʻit. 19,5% fosfat angidrid boʻlgan oliy navi va 18% fosfat angidrid boʻlgan birinchi navi ishlab chikariladi. Donador S. kukun S.ni donadorlash va quritish yoʻli bilan olinadi. Fizik xususiyatlari yaxshi, saqlanganda mushtlashib qolmaydi. Donadorlar namligi 2— 4% (kukun S.niki 12—13%). Tarkibidagi erkin kislota 2,5—1% boʻlgani uchun oʻzlashtiriladigan fosfor (19,5% dan kam emas) kukun S.ga keraganda birmuncha ortiq. Qoratov fosforitidan olingan donador S. tarkibida kamida 14% R2O5 va kupi bilan 2,5% erkin kislota boʻladi.

Ammoniylashgan S. superfosfatni suvsiz ammiak, ammiakli eritma yoki ammiakatlar.bilan toʻyintirib olinadi. Uning tarkibi kiritilgan ammiak miqdoriga bogʻliq. Ammiak kam dozada boʻlganda S.ning erkin kislotasi (N3RO4) bilan monoammoniyfosfat (NH4H2PO4) hosil qiladi, oʻgʻitda suvda eruvchi R2O5 miqdori kamaymaydi. Ammiak koʻp miqdorda kiritilganda monoammoniyfosfat va sitratda ertuvchan dikalsiyfosfat hosil boʻladi, yaʼni suvda eruvchan R2O5 miqdori kamayadi. Yaxshi fizik xususiyatlarga ega; namlanmaydi, mushtlashib krlmaydi, sochiluvchan, idish va qishloq xoʻjaligi. mashinalarining metall qismlarini yemiradigan erkin kislotadan xoli. Nisbatan yuqori samaraligi bilan ajralib turadi. Qoʻsh S. — apatit konsentratini fosfat kta bilan ishlab olinadigan konsentrlangan fosforli oʻgʻit. R2O5 miqdori 44—46%. Marganetsli S. tarkibida 14—19,5% R2O5 dan tashkari 1,5—2,5% marganets boʻladi, borli S.da 0,1—0,3% bor va molibden l i S.da 0,1% molibden boʻladi.

Dunyoda ishlab chiqariladigan fosforli oʻgʻitlarning yarmiga yaqini S.ga toʻgʻri keladi. S.ni hamma tipdagi tuproqlarda har xil usullar bilan hamma ekinlarga qoʻllash mumkin.

Sugʻorma dehqonchilikda qoʻproq ammoniylashgan S, shuningdek, ammofos qoʻllanadi, bu oʻgʻitlarning asosiy qismi kuzgi shudgorda, qolgani oʻsuvgullash fazasida solinadi.

Adabiyot

tahrir
  • Nabiyev M.N., Azotnokislotnaya pererabotka fosfatov, t. 1—2, T., 1976; Vishnyakov A.A., Fosfornie udobreniya iz karatauskix, guliobskix i drugix fosforitov, T., 1972.

Risqivoy Yoqubov.