Sabuhi Husaynov (ozarbayjoncha: Səbuhi Hüseynov; 2000-yil 18-iyulda tugʻilgan) - Ozarbayjonlik badmintonchi. U Ozarbayjon terma jamoasida 2012-yildan beri oʻynab kelmoqda.[1] U Ozarbayjon oʻsmirlar jamoasida birinchi oʻrinni egallab, har yili 2012-yildan 2018-yilgacha Ozarbayjon yoshlar oʻrtasidagi respublika chempionatida oltin medal [2], shuningdek, Konya Rumining V Xalqaro bolalar sport oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3]. U 2016-yilgi Boku shahar yoshlar badminton chempionatida shaxsiy, juftlik va miks-juftlik bahslarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan[4]. Ozarbayjon respublika chempionati turnirida u 2015-yil va 2016-yillarda bronza, 2017-yilda kumush, 2018-yil va 2019-yillarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Sabuhi Husaynov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Səbuhi Habil oğlu Hüseynov
Taxallusi/Laqabi Adler
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 18.7.2000
Boku , Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Faoliyat yillari 2011 -
Boʻyi 180 sm
Vazni 78 kg
Sport
Qaysi sport badminton

Manbalar tahrir

  1. „Sabuhi Husaynov“. Ozarbayjon Badminton federatsiyasi (2017). Qaraldi: 24 yanvar 2021-yil.
  2. „Ozarbayjon chempionati g'oliblari aniqlandi“. Ozarbayjon Badminton federatsiyasi (23 noyabr 2019). Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.
  3. „5. Uluslararası Konya Rumi Çocuk Spor Oyunları Başladı“ (tr). İhlas Haber Ajansı (2015-yil 20 aprel).
  4. „Badminton bo'yicha Boku chempionati bo'lib o'tdi“. Neftçi İK. 2022-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2021-yil.