Sacha Fenestraz
Sacha Fenestraz Jules (1999-yil 28-iyulda tugʻilgan) — fransuz-argentinalik poygachi. Hozirda Kondō Racing bilan Super Formula chempionatida qatnashmoqda. U 2017-yilgi Eurocup Formula Renault 2.0 chempioni. Shuningdek, Nissan jamoasi uchun Formula E poygalarida ishtirok etadi[1].
Sacha Fenestraz | |
---|---|
Millati | fransuz |
Tugʻilgan joyi |
28-iyul 1999-yil Annecy, Fransiya |
Musobaqalarda faoliyati | |
Debyut mavsumi | 2019 |
Sobiq jamoasi | Kondō Racing, TOM'S |
Startlar | 27 |
Gʻalabalar | 1 |
Pole pozitsiyasi | 1 |
Tez aylanishlar | 1 |
Eng yaxshi finish | 4 2020 |
Faoliyati
tahrirKarting
tahrirKartingdagi faoliyatini Fransiyada boshlagan. Ota-onasi argentinalik va fransuz. Bolaligida Argentinaning Kordova shahrida oʻsgan. Fenestraz kartingni 2006-yilda yetti yoshida boshlagan[2].
2015-yilda u F4 boʻyicha Fransiya chempionatida ishtirok etdi va u yerda uchta asosiy gʻalaba, oʻn bitta kichik gʻalabani qoʻlga kiritdi. Natijada, u umumiy reytingni oʻsmirlar F4 chempioni va vitse-chempion sifatida yakunlandi.
Formula 4
tahrir2016-yilda Fenestraz Tech 1 Racing bilan Formula Renault 2.0 ga oʻtdi. U Monako raundida sobiq poygachi Lando Norrisni chetlab oʻtganidan soʻng oʻzining birinchi poul-pogʻonasini egalladi va keyinchalik poygadagi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. U Estorildagi so‘nggi poygada g‘alaba qozonib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi. Sacha Fenestraz Shimoliy Yevropa kubogida beshinchi o‘rinni egalladi. Estorildagi mavsumdan keyingi u Racing bilan shartnoma imzoladi. Fenestraz F4 chempionatida gʻalaba qozondi. U yettita poygada gʻalaba qozondi va yana oʻn bir poygada pole natijasini qayd etdi. U chempion boʻlganidan keyin Renault Sport akademiyasiga kiritildi.
2017-yil sentyabr oyida Fenestraz Nyurburgring poygasining sakkizinchi raundda Carling jamoasiga qoʻshildi. 2018-yilda u ushbu jamoa bilan toʻliq mavsumni oʻtkazdi. U oʻzining birinchi podiumini va mavsumdagi gʻalabasini Paudagi ikkinchi poygada qoʻlga kiritdi. U bu poygani old qatorda boshladi va poyganing eng tez aylanish rekordini oʻrnatdi. Makao Gran-prisida Fenestraz uchinchi oʻrinni egalladi.
Fenestraz Arden International bilan 2018-yilgi GP3 seriyasining soʻnggi ikki bosqichida ishtirok etdi.
Formula Renault 2.0
tahrirRenault tomonidan qoʻllab-quvvatlanganidan soʻng, Fenestraz Motopark jamoasi bilan Yaponiya Formula 3 chempionatida qatnashish uchun Yaponiyaga koʻchib oʻtdi. Mavsum davomida TOM’S poygachisi Ritomo Miyata bilan kurashgan Fenestraz sakkizta gʻalabaga erishdi va Motegida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
2019-yilgi Formula 3 poygasidan tashqari, Kondō Racing bilan Super GT chempionatining GT300 klassida qatnashdi. Umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinni egalladi. Keyingi yili Fenestraz GT500 klassida Toyota Gazoo Racing jamoasida ishtirok etdi.
2022-yil avgust oyida Fenestraz ikkinchi Seul ePrixda ishtirok etdi.
Natijalar
tahrirMakao Gran-prisi
tahrirYil | Jamoa | Avtomobil | Saralash | Saralash poygasi | Asosiy poyga |
---|---|---|---|---|---|
2017 | Carlin | Dallara F317 | 11 | 12 | 7 |
2018 | Carlin | Dallara F317 | 3 | 4 | 3 |
Super Formula
tahrirYil | Jamoa | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | DC | Ball |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2020 | Kondō Racing | MOT 3 |
OKA Ret |
SUG Ret |
AUT Ret |
SUZ 10 |
SUZ Ret |
FUJ 8 |
13 | 19 | |||
2021 | Kondō Racing | FUJ | SUZ | AUT | SUG | MOT | MOT 13 |
SUZ 7 |
17 | 4 | |||
2022 | Kondō Racing | FUJ 3 |
FUJ 20 |
SUZ 4 |
AUT 2 |
SUG 1 |
FUJ Ret |
MOT 2 |
MOT 6 |
SUZ 16 |
SUZ 4 |
2 | 89 |
Manbalar
tahrir- ↑ Waring, Bethonie. „Sacha Fenestraz crowned Eurocup champion as Shwartzman wins again at Barcelona“. formulascout.com (2017-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Quién es Sacha Fenestraz, el cordobés que deslumbró en Monaco (Who is Sacha Fenestraz, the Cordovan who dazzled in Monaco)“ (2016-yil 30-may). Qaraldi: 2016-yil 21-noyabr.