Sadbarxon Mamitova
(Sadbar Mamitovadan yoʻnaltirildi)
Sadbarxon Mamitova (1966-yil, Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR–2021-yil 31-iyul Andijon shahri, Oʻzbekiston) — 2020-yil 4-martdan 2021-yil 31-iyulgacha Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi.
Mehnat faoliyati
tahrir- 2012—2017-yillarda Jalaquduq tumani bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy himoya qilish markazi direktori.
- 2017—2019-yillarda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Jalaquduq tuman kengashi raisi oʻrinbosari.
- 2019—2020-yillarda „Yuksalish“ umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy boʻlimi rahbari.
- 2020—2021-yillarda Boʻston tumani hokimi.
Vafoti
tahrirSadbar Mamitova 2021-yil 31-iyul kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida ichak kasalligi boʻyicha davolanish davomida vafot etdi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Бўстон тумани ҳокимининг вафоти сабаби маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 31 июль.