Xalil ibn Aybak as-Safadiy yoki Salohiddin as-Safadiy, to‘liq ismi-sharifi - Salohiddin Abu as-Safo Xalil ibn Aybak ibn Abdulloh al-Albakiy al-Safariy ad-Dimashqiy ash-Shofeiy (1296 – 1363). U turkiy mamluklar davri yozuvchisi va tarixchisi bo’lgan. Tarixchi va shofeiy olim Imom Zahabiydan tahsil olgan[1].

Safadiy mamluklar hukmronligi davrida Falastinning Safad shahrida tug‘ilgan. Uning boy oilasi unga Qur’on yodlash va hadis kitoblarini o‘qish kabi mukammal ta’lim olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan. U grammatika, filologiya va xattotlik kabi fanlarda yuksak natijalarga erishgan. Safadiy matoga rasm chizar, ayniqsa adabiyotga ishtiyoqi baland edi. U arab she’riyati, uning tizimlari va mashhur shoirlar ijodini o‘rgangan.

Ustozlari tahrir

Safadiyning Damashq, Qohira va Halabda ta’lim olgan ustozlari orasida quyidagilar uchraydi:

1) Hofiz Fathuddin ibn Sayyidunnos (vaf. 734/1333), undan Qohirada adabiyotdan tahsil olgan. 2) Ibn Nabata Muhammad ibn Muhammad al-Farqiy al-Masriy (vaf. 768/1367). 3) Abu Hayyon G‘arnotiy (vaf. 745/1345), undan grammatika va filologiyani o‘rgangan. 4) Mahmud ibn Salmon ibn Fahd (vaf. 725-hijriy/1325-26), “Husn al-tavassul ila ṣinaʻat at-tarassul” asari muallifi. 5) Qozi Badriddin ibn Jamot, Muhammad ibn Ibrohim ibn Sa’d al-Kattoniy (vaf. 733/1333-34). 6) Taqiuddin as-Subkiy (vaf. 756/1356-57). 7) Abu an-Nun Yunus ibn Ibrohim al-Dabusiy (vaf. 729/1329-30). 8) Hofiz Jamoliddin Yusuf ibn Abdurahmon al-Mizziy (vaf. 742/1342). 9) Hofiz Shamsuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Usmon az-Zahabiy (vaf. 749/1347-48), undan hadis va tarix ilmini o‘rgangan.

Asarlari tahrir

1. “Ixtiro’ al-xuro” - satirik asar[2];

2. “Kitob al-Vofiy bil-vafayot” (كتاب الوافي بالوفيات) (29 jild); taniqli shaxslar haqidagi biografik lug‘at[3][4];

3. “Nakt al-humyon fi nukat al-umyon”, taniqli ko‘r odamlarning tarjimai holi, ularning ko‘rlik sabablari haqida[5];

4. “Al-g‘ays al-musajam fi sharh lamiyyat-ajam”, Tog‘aroyining “Lamiyat al-ajam” asariga qomusiy sharh[6];

5. “Al-Husn aṣ-ṣariḥ fi mi’at maliḥ”[7]:43;

6. “Al-Ravz al-basim val-arf an-nasim”[7]:43-44;

7. “Alxan as-savaji’ bayn al-badi va-l-muraji”[7]:42;

8. “Kashf al-hol fi vasf al-xol”[7]:44;

9. “Rashf al-zulol fi vasf al-hilol”[7]:44;

10. “Lazzat as-samʼ fi vasf al-dam” (“Kitob tashnif as-samʼ bi-nsikab ad-damʼ” nomi bilan ham mashhur boʻlgan)[7]:44.

Eslatma tahrir

“Kitob al-Vofiy bil-vafayot” kitobini quyidagi link orqali yuklab olish mumkin: https://archive.org/details/FP49931

Manbalar tahrir

  1. Rosenthal, Franz „al-Ṣafadī“ (en).
  2. Tuttle, Kelly (2013). „Play and display: al-Ṣafadī's Invention of Absurdity“. Postmedieval: A Journal of Medieval Cultural Studies. 4-jild, № 3. 364–378-bet. doi:10.1057/pmed.2013.22. S2CID 170228506.
  3. Rowson, E.K.. Essays in Arabic Literary Biography. Weisbaden: Harrassowitz-Verlag, 2009 — 341–357 bet. 
  4. aṣ-Ṣafadī, Salah al-Dīn (2000), ʻAdnān al-Baḫīt, Muḥammạd (muh.), „Al-Wāfī bi-'l-wafayāt“, Bibliotheca Islamica (arabcha), Beirut: Dar Ehia al-Tourath al-Arabi, 29{{citation}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  5. Saliba, George. A History of Arabic Astronomy: Planetary Theories During the Golden Age of Islam. New York: New York University Press, 1994 — 35, 53, 61 bet. 
  6. Muhanna, Elias. The World in a Book: Al-Nuwayri and the Islamic Encyclopedic Tradition. Princeton University Press, 2017 — 52 bet. ISBN 9780691175560. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 Adam Talib, How Do You Say “Epigram” in Arabic? Literary History at the Limits of Comparison, Brill Studies in Middle Eastern Literatures, 40 (Leiden: Brill, 2018); ISBN 978-90-04-34996-4.