Sahobat Azimjonova
Sabohat Azimjonova (1923-yil dekabr, Toshkent — 2001-yil 26 aprel)
Hayoti
tahrirSharqshunos olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969). Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950— 77), bo‘lim boshlig‘i (1977—95), yetakchi ilmiy xodim (1995 yildan) bo‘lib ishlagan.
Ijodi
tahrirZahmatkash olima 150 dan ortiq ilmiy maqola va risolalar muallifidir. Asosiy ilmiy ishlari Boburning Kobul va Hindistondagi faoliyati, O‘rta Osiyo xalqlarining o‘rta asrlarda qo‘shni xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga bag‘ishlangan. Asarlari Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma»sini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan.
Mukofotlari
tahrirSabohat Azimjonova bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati. [1]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Sahobat Azimjonova“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.