Said ibn al-Os(625-679) - sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid boʻlganidan soʻng (658) Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, soʻng to umrining oxirigacha Madinaga voliy boʻlgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan. Usmon (ra) huzurida boʻlib, Qurʼoni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat koʻrsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saqlanib qolgan.