Anvar Ahrorovich Saidahmedov (1912.15.6 — Toshkent — 1983) — pediatr-ftiziatr. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1960), professor (1961). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1935). Bekobod kasalxonasida bosh vrach (1936—41), urush qatnashchisi (1941—42), Respublika ruhiy kasalliklar kasalxonasida bosh vrach (1944—46), Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar klinikasida ordinator (1946—50), assistent (1950—51). Sil ilmiy tadqiqot institutida bolalar sil kasalligi boʻlimi boshligʻi (1952—60), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bolalar sil kasalligi kafedrasi mudiri (1961 — 81), konsultant (1981—83). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston sharoitida bolalardagi sil kasalligini aniqlash, uning klinikasi, oldini olish va davolashga oid.

Manbalar tahrir

  • Bolalarni sil kasalligidan saqlash choralari, T., 1962; Miya sili va uning oldini olish, T., 1968.