Saidahror Gʻulomov
(Saidahror G‘ulomovdan yoʻnaltirildi)
Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov — 1947-yil 25-iyunda tugʻilgan. Oliy maʼlumotli.[1] Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor.
Saidahror Saidahmedovich Gʻulomov | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyun 1947-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Biografiyasi
tahrir- 1947-yil 25-iyunda Toshkentshahrida tavallud topgan.
- 1964-yilda oʻrta maktabni «a’lo» baholarga tugatdi.
- 1969-yilda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „iqtisodiy informatika“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng, mazkur institutning «Iqtisodiy kibernetika» kafedrasida tadqiqotchi-shogird lavozimiga ishga qoldirildi.[2]
- 1970—1973 yillarda G. V. Plexanov nomidagi Moskva Xalq xoʻjalik institutining kunduzgi boʻlim aspiranti boʻlib, nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
- 1973—1980 yillarda |Toshkent Xalq xoʻjalik institutining „Iqtisodiy kibernetika“ kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. V.M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti doktoranti lavozimlarida ishlagan.
- 1981-1998-yillarda Toshkent Xalq xoʻjalik institutining professori, dekani, prorektori, rektori
- 1998-yildan 2004-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
- 2004-2006 yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti rektori;
- 2006-2011 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlari yoʻnalishi vitse prezidenti; lavozimlarida ishlagan.
- 2006-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi jamoatchilik asosida raisi,
- 2010-yildan hozirgi vaqtga qadar esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti professori (0,5 stavka) boʻlib ishlab kelmoqda.
- 2012-yildan shu kunga qadar Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Markazining „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ Гулямов Саидахрор Саидахмедович, 2017-04-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-24
- ↑ TDIU „Bank ishi“