Saidxoʻjayev Saidoqil Saidxonovich

Saidxoʻjayev Saidoqil Saidxonovich (1894.5.1 - Toshkent -1968.10.12) -birinchi oʻzbek energetik muhandisi. texnika fanlari nomzodi (1943). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi (1964). Toshkentdagi rus tuzem maktabida oʻqigan (1904—06). Moskvadagi Plexanov nomidagi Xalq xoʻjaligi institutini tugatgan (1927). Oʻrta Osiyoni elektrlashtirishga katta hissa qoʻshgan. Boʻrjar va Oqtepa GESlari qurilishiga boshchilik qilgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjali-gini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ishlagan (1951-yildan).