Sajda oyatlari - Qurʼoni Karimda kelgan baʼzi oyatlarning oxirida belgini koʻrganda tilovat sajdasi qilinadigan oyatlar. Qurʼoni Karimning 14 ta surasida sajda oyatlari keladi.

Sajda oyatlari tahrir

1. Aʼrof surasining 206- oyati

2. Raʼd surasining 15- oyati

3. Nahl surasining 49- oyati

4. Isro surasining 109- oyati

5. Maryam surasining 58- oyati

6. Haj surasining 18- 77 [1]oyati

7. Furqon surasining 60- oyati

8. Naml surasining 26- oyati

9. Sajda surasining 15- oyati

10. Sod surasining 24- oyati

11. Fussilat surasining 37- oyati

12. Najm surasining 62- oyati

13. Inshiqoq surasining 21- oyati

14. Iqroʼ surasining 19 oyati

Sajda oyatlaridagi belgining koʻrinishi tahrir

http://imon.uz/uploads/news-441.jpg

Qoʻshimcha maʼlumot tahrir

Ushbu sanab oʻtilgan oyatlar hanafiy mazhabi boʻyicha belgilangan oyatlardir. Musxaflarda bunga qoʻshimcha olaroq, Imom Shofeʼiy mazhabi boʻyicha eʼtibor qilingan Haj surasining 77¹- oyati ham belgilanadi. Biroq , bunda ham boshqa sajda oyatlarida nima qilish kerak boʻlsa, shunday qilinadi.

Manbalar tahrir

[1] [2]

  1. Muhammad Sodiq, Odina. tilovat sajdasi. Toshkent: Hilol-Nashr, 2021 — 197-198 bet. 
  2. „Сажда оятларини эшитган киши қандай тартибда сажда қилади?“. hidoyat (15-aprel 2019-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.