Shakya

hozirda Hindiston va Nepal hududida joylashgan sobiq mamlakat
(Sakyadan yoʻnaltirildi)

Shakya, Sakya — qadimda kshatriylar oligarxik respublikasi va Janubiy Himolay etaklari (Nepal)dagi qabila. Kapilavastu sh. respublikaning poytaxti boʻlgan. Budda anʼanasiga muvofiq, ShakyaMuni (Shakyatarki dunyo) laqabli buddizm asoschisi Siddhartha Gautama Sh. qabilasidan boʻlgan. Uning shahriga mansub dastlabki izdoshlari budda rohiblar jamoasining asosini tashkil etgan, shuning uchun Budda rohiblari koʻpincha Sh. deb ham atalgan (yana qarang Budda).