Salax abd as-sabur she'riyati
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Salax Abd Sabur 50–60 yillarda Misr „Yangi sheʼriyati“ning koʻzga koʻringan namoyondalaridandir. Oliy maʼlumotni Qohira Universitetida olgan. 50-yillarda „Al Axram“ gazetasi bilan hamkorlikda ish olib borgan, 60-yillarda Madaniyat vazirligida Nashriyot Instituta direktori lavozimini egallagan.
Asarlari
tahrirAsarlarini 40-yillardan nashr qila boshlagan. Shoirga katta mashhurlikni olib kelgan asarlari uning quyidagi 3 devonidir. Bular „Mening mamlakatim odamlari“, „Men sizga aytaman“ (1961) va „Qari chavandoz orzusi“ (1964) devonlaridir. Bulardan tashqari shoir „Tunga sayxat“ (1968), „Kun va tunni kutib“ (1970) nomli sheʼriy toʻplamlarni ham yaratdi. Yana „Al-Xallaj fojeasi“ (1966), „Majnun va Layli“ (1970) va boshqa sheʼriy dramalarni yaratdi. Tanqid Salox Abd Sabur isteʼdodini yuqori baholadi, xattoki baʼzi Luis Avvad kabi tanqidchilar uni "Shoirlar amiri " Shavqiyga tenglashtirdilar.
Ilmiy faoliayti
tahrirSalax Abd Sabur adabiyotshunos va tanqidchi sifatida mashhur boʻlgan. U Adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid mavzularida izlanishlar olib borgan. Bulardan „Ulardan soʻng tarixda qoluvchi narsalar“ (1958), „Asr sadolari“ (1961), „Bizni eski sheʼriyatimizning yangicha oʻqilishi“ (1968) va boshqalar shular jumlasidandir. Ushbu izlanishlarida u yangi arab sheʼriyati analiziga va baʼzi shoirlar ijodiga katta eʼtibor bergan. Shoir 60-yillarda vujudga kelgan Misr „yangi sheʼriyati“ borasidagi bahsda qizgʻin ishtirok etadi. U „Al Adab“ jurnalida „Yangi sheʼriyat“ning oʻrta asrlar mumtoz sheʼriyati bilan bogʻliqligini eʼlon qiladi. „Yangi arab sheʼriyati“da romantik yoʻnalishining paydo boʻlishiga Yevropa adabiyoti taʼsir etganligini aytib oʻtadi. Shoir shunga amin boʻladiki 60-yillar oʻrtalariga kelib Misr sheʼriyati inqirozga uchraydi.
Estetik qarashlari
tahrirMisr yangi sheʼriyati, tushunarliligi, tabiiyligi bilan ajralib turadi va aynan shu sababli oddiy, sentimental tus oladi. Salax Abd Sabur inqirozdan chiqish yoʻlini ramzlar olamiga murojaat qilishda deb biladi. Ular yordamida umuminsoniy muammolarni yanada nozik tomonlarini ochib berish mumkin deydi shoir. Shoir, turli xil falsafiy oqimlar va modernistik konsepsiyalar sheʼriyat rivojiga katta hissa qoʻshishiga ishonadi. U shunday yozadi: „Agar bizning sheʼriyatda turli xil fikriy oqimlar boʻlganida va shoirlar uning taʼsirida boʻlganlarida, sheʼriyatimiz darajasi hozirgidan ancha yuqori boʻlgan boʻlar edi. Shoirlarimizning 100 dan 90 tasi ushbu oqimlardan bexabarlar, aksi holda bu kabi inqirozli holatga uchramagan bular edik.“
Sheʼrlari
tahrirSalox Abd Saburning sheʼriy uslubi yangi asar yaratgani sari rivojlanib, yaxshilanib borgan boʻlsa, uning asarlari tarkibi yanada mukammallashib, oʻlim, hayot maʼnosi, koʻngil, vijdon kabi falsafiy mavzularni yorita boshladi. Birinchi devon „Mening mamlakatim odamlari“ tarkibiga 40-50-yillarda yozilgan sheʼr kiritilgan. U shoirning shaxsiy hayotiy tajribasi natijasidir. Bu tajriba „Ishchilar va talabalar uyushmasi“ va Misr xalqining ozodlik uchun kurashi paytlarida gʻayrimonarxik va gayri imperialistik manifestlarda orttirilgan. Salax Abd Sabur buyuk arab shoirlari Hofiz Ibrohim va Shavqiylar izidan borib „Denshaviy fojeasi“ga murojaat etdi va unga atab „Zaxran oʻlimi“ sheʼrini yozdi. Yuqori gumanistik gʻoyalari, sheʼriy tasavvur kuchi bilan oʻquvchini oʻrab oluvchi sheʼrlaridan biri „Tunga sayohat“dir. Ijtimoiy kuchli sheʼrlari esa „Mening otam“ va „Mening mamlakatim odamlari“dir. Nozik insoniy tuygʻular, koʻngil tugʻyonlari mavzulari „Muhabbat qoʻshigʻi“, „Sevgi gimni“, „Dugonamga xat“ kabi sheʼrlarida uchraydi. Qishloq hayoti, shovqinli shahardan voz kechish esa „Sayoxat“, „Estaliklar“ sheʼrlarida kuylangan. 1967–yilda sahnalashtirilgan „Al-Xallaj fojeasi“, katta muvaffaqiyatga erishdi va mukofotlandi.
Mehnat faoliayti
tahrirSalox Abd Sabur Toshkentdagi umumxalq uchrashuvida ishtirok etgan. Salox Abd Sabur 1981–yilda vafot etgan. To oxirgi kungacha, u Hindistondagi elchixonada madaniyat ishlari maslahatchisi boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrirKrachkovskiy I.Yu. Izb. Soch. – T.3., M-L., 1956.
Xoʻjayeva R. U. Yangi davr arab adabiyoti tarixi. –T., 2004.