Salchipapa
Salchipapa (ispancha: salchipapa или salchipapas) — Peruning fast-fud taomi boʻlib, odatda koʻcha yeguligi sifatida isteʼmol qilinadi, yupqa toʻgʻrab, qovurilgan mol goʻshti yoki kolbasa, kartoshka fri va karamli salatdan iborat boʻladi[1]. Taomning nomi ispancha „salchicha“ - (kolbasa/sosiska) va „papa“ — (kartoshka) soʻzlarining birlashmasidan hosil boʻlgan. Taom ketchup va xantal, crema de aceituna (zaytun qaylasi), ahi yoki chili qalampiri kabi turli-tuman qaylalar bilan birga stolga tortiladi. Baʼzan ustiga qovurilgan tuxum yoki pishloq qoʻyiladi; shuningdek, uni oregano bilan bezatish, dasturxonga pomidor va salat bilan birga tortish ham mumkin.
Tarixi
tahrirSalchipapa Peruning Lima shahrida koʻcha taomi sifatida oʻylab topilgan. Kelgusi yillar davomida butun Peru boʻylab tarqaldi[2]. Lotin Amerikasida taomning mashhurligi Peru oshxonasi bilan cheklanib qolmagan, uni endilikda Ekvador va Boliviya oshxonasiga xos taom sifatida ham bilishadi. Salchipapa Argentina koʻchalari va bozorlarida ham sotiladi[3][4]. Ushbu taom Boliviyadan immigratsiya tufayli AQSh va Chilidagi Argentina, Kolumbiya va Peru restoranlari orasida ham tarqalishda davom etmoqda[5]. Uning „Choripapas“ deb nomlanuvchi varianti mavjud (bunda taomga kolbasa oʻrniga chorizo qoʻshiladi). Bunday variantni Meksikada ham uchratish mumkin[6].
Galereya
tahrir-
Baʼzi restoranlar anʼanaviy koʻcha taomlarini yaxshilash uchun salchipapa retseptini oʻzgartirmoqda.
-
Limaning shahar sektorlarida salchipapa isteʼmoli yuqoriligicha qolmoqda.
-
Salchipapasning yuqori kaloriya tarkibi sogʻliqni saqlash tarafdorlarini tashvishga solmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ Dan Perlman. SaltShaker Spanish-English-Spanish Food & Wine Dictionary - Second Edition. Lulu.com, 2009.
- ↑ Jenkins, Dilwyn. Rough Guide to Peru. Rough Guides, 2003. ISBN 978-1-84353-074-9.
- ↑ Adés, Harry. The Rough Guide to Ecuador. Rough Guides, 2003. ISBN 978-1-84353-109-8.
- ↑ Donadío, Pablo. Un paso en el camino. Página12, 2008.
- ↑ Canelo, Brenda. Procesos transnacionales y Estado subnacional en una ciudad latinoamericana. Comisión Económica para América Latina y el Caribe (CEPAL), 2011.
- ↑ Lozano, Fernando. Salchipapas y churros: ¿cómo se comen estos platos en México?. El Comercio, 2011.