Salim Ashur
Salim Ashur (Salim Ashurov) — 1964-yil 16-dekabrda Tojikiston Respublikasining Ko‘rg‘ontepa viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1989)[1] . Dastlabki she’rlar to‘plami — «Yashil giyoh» (1994). Shundan so‘ng shoirning «Atirgul» (1994), «Siz ertaga kelasiz» (1999), «Kechikkan tong» (2002), «Atalgan kunlar» (2004), «Darz» (2006) kabi she’riy kitoblari nashr etilgan. A. Blok, I. Bunin, A. Fet she’rlaridan namunalar hamda J. P. Sartr, K. Paustovskiyning qissa va ba’zi hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Ashurov, Salim. „Salim Ashur. She’rlar“ (6-iyul).
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |