Salmo bint Umays (arab. سلمى بنت عميس) Muhammad alayhissalomning sahobiyalaridan edi.

U Xas’am qabilasidan edi. Uning otasi Umays ibn Maod, onasi Himyar qabilasidan Hind bint Avf edi. Uning tug‘ishgan aka-ukalari Asmo bint Umays va Avn ibn Umays bo‘lib, ona tomondan o‘gay ukalari Maymuna bint Horis, Luboba bint Horis va Mahmiya ibn al-Jaz’iy edi. Salmo va uning singlisi Asmo islomni birinchi qabul qilganlardan edi.

Salmo Hamza ibn Abdulmuttalibga turmushga chiqadi va ularning Umoma ismli bir qizlari bo‘ladi. Salmo va Umoma 622-yilda Madinaga hijrat qilishgan. Ammo Hamza Uhud jangida shahid bo‘lgach, Makkaga qaytishgan. Keyin Salmo Bakr qabilasining Lays urug‘idan bo‘lgan Shaddod ibn al-Hadga turmushga chiqqan va undan Abdulloh ismli o‘g‘il ko‘rganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir, vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 199. London: Ta-Ha Publishers[1][2][3].

Manbalar tahrir

  1. Ibn Saad/Bewley p. 199. Muhammad ibn Umar al-Waqidi.
  2. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R. (2011).
  3. The Life of Muhammad, pp. 363-364. London & New York: Routledge