Salomat Vafo
Salomat Vafo (asl ismi: Salomat Vapaeva; 1962-yil 20-yanvar, Shovot, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi va jurnalist. Adiba 2004-yili „Paxta ishi“ koʻrsatuvi uchun „Eng buyuk va eng aziz“ yillik mukofoti bilan taqdirlangan[1][2][3][4].
Salomat Vapaeva | |
---|---|
Tavalludi |
20-yanvar 1962-yil |
Taxallusi | Salomat Vafo |
Kasbi |
yozuvchi jurnalist |
Ijod qilgan tillari |
Oʻzbekcha Inglizcha Turkcha |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Mukofotlari | Eng aziz va eng ulugʻ |
Tarjimai holi
tahrirSalomat Vafo 1962-yil 20-yanvarda Xorazm viloyati, Shovot tumani Choʻqli qishlogʻida tugʻilgan. 1984-yil Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetining kechki boʻlimini tugatgan[5].
Faoliyati
tahrir1987—1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi.
1997—2009-yillarda Oʻzbekiston radio-televidenie kompaniyasi, „Siyosat“ studiyai, Oliy Majlis faoliyati, katta redaktor, siyosiy sharhlovchi, „YoshlarTV“, „Davr“ axborot dasturi, redaktor.
2015-yildan to hozirgacha www.nurzamon.uz saytining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.
Asarlari
tahrirAdiba „Farida“, „Oʻzini izlayotgan ayol“, „Koʻngil farishtasi“, „Tilsim saltanati“, „Ovorani koʻrgan kechirganlari“, „Qora beva“, „Nomsiz kema“, „9/1“(ingliz tilida), „A nameless ship collection of short story“ „Unutılan kadın“ turk tilida. „Dunyoning siri“ kabi asarlari muallifidir[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „BBC mehmoni - taniqli yozuvchi Salomat Vafo“ (uz-Cyrl). BBC News O'zbek (2013-yil 22-aprel). Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „Ziyo istagan qalblar uchun! - Salomat Vafo (1966)“. www.ziyouz.com. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ „Salomat Vafo асарлари, китоблари“. kitobxon.com. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ Abdullayeva, Ozoda (2023-06-01). "SALOMAT WAFO'S USE OF SYNONYMS SOME COMMENTS ABOUT HIS SKILLS". American Journal Of Philological Sciences 03 (06): 93–100. doi:10.37547/ajps/volume03issue06-14. ISSN 2771-2273. http://dx.doi.org/10.37547/ajps/volume03issue06-14.
- ↑ „Yozuvchi Salomat Vafo tavallud topgan kun — Respublika bolalar kutubxonasi“. taqvim.uz. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
- ↑ Lobar, Rajabboyeva (2022). "BUGUNGI ADABIY JARAYONDA SALOMAT VAFONING O‘RNI". Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 1 (8): 82–84. https://cyberleninka.ru/article/n/bugungi-adabiy-jarayonda-salomat-vafoning-o-rni.