“Salomatlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi[1][2][3][4][5].

“Salomatlik” ordeni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi orden
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham
Taqdirlash asosi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2020-yil 26-may.

Daraja

tahrir

“Salomatlik” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:

  • I darajali “Salomatlik” ordeni;
  • II darajali “Salomatlik” ordeni.

Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali orden, oradan kamida uch yil oʻtganidan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi.

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan:

tahrir
  • tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga qoʻshgan ulkan hissasi uchun — sogʻliqni saqlash tizimining rahbarlari va shifokorlar;
  • sogʻliqni saqlash borasida yirik xayriya va homiylik ishlarini amalga oshirganligi uchun — homiylik xayriyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari;
  • jahon standartlariga mos davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etganligi uchun — xorijiy investorlar, biznes doira hamda sogʻliqni saqlash tizimining vakillari;
  • farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish borasidagi samarali faoliyati hamda yangi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganligi uchun — farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar, olimlar, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar;
  • tibbiyot sohasi uchun chuqur kasbiy bilim va yuqori intellektual salohiyatga ega malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun — tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va amaliyotchi shifokorlari, tibbiyot kasb-hunar kollejlari va texnikumlarining oʻqituvchilari;
  • aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tizimli olib borayotganligi uchun — respublika va hududiy tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari, koʻngillilar mukofotlanadilar.

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan:

tahrir
  • aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish ishlaridagi katta xizmatlari uchun — respublika, viloyat, tuman (shahar) kesimidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari;
  • tez tibbiy yordam hamda tibbiy profilaktika xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati uchun — tor ixtisoslikdagi shifokorlar, umumiy amaliyot va tez tibbiy yordam shifokorlari;
  • sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi uchun — sanitariya-epidemiologiya nazorati va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash tizimi xodimlari;
  • davolash va inson umrini uzaytirishga qaratilgan salomatlik profillarini yaratganligi hamda amaliyotga joriy etganligi uchun — sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari;
  • tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun — sogʻliqni saqlash sohasining ilmiy doira vakillari va yuqori malakaga ega boʻlgan shifokorlari mukofotlanadilar.

Mukofotlash

tahrir

I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan boshqa shaxslar ham sogʻliqni saqlash sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin. I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi. Har bir mukofotlangan shaxsga tegishli darajali “Salomatlik” ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir