Salvatore Calabrese (Campi Salentina, 1903-yil 6-yanvar — Bolonya, 1973-yil 30-noyabr) italiyalik gastroenterologiyaga ixtisoslashgan shifokor va patologik anatomiya boʻyicha olim. U Campi Salentina shahridagi Padre Pioda Pietrelcina kasalxonasining qurilishiga yordam berdi. Shuningdek, „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasi asoschisi.

Salvatore Calabrese
Calabrese byusti
Tavalludi 6-yanvar 1903-yil
Vafoti 30-noyabr 1973-yil(1973-11-30)
(70 yoshda)
Bolonya, Italiya
Fuqaroligi Italiya va Italiya qirolligi
Kasbi Gastroenterolog, patologoanatom
Faoliyat yillari 1928 — 1973

Hayoti

tahrir

Salvatore Calabrese 1903-yil 6-yanvarda Campi Salentina (Lechche) shahrida tugʻilgan. 1928-yilda Federiko II nomidagi Neapol univeritetining tibbiyot va jarrohlik yoʻnalishini tamomlagan[1]. Shundan soʻng Genuyaga koʻchib oʻtdi va u yerda fuqarolik kasalxonasida ichki kasalliklar boʻlimida koʻngilli xodim sifatida ishladi, keyin u „Ansaldo“ sanoat kompaniyasining tibbiy rahbari boʻldi[2]. Bu davrda olim oʻz tadqiqotlarini anatomik patologiyaga bagʻishladi va turli xil ilmiy-ommabop nashrlarda chiqish qildi. 1939-yilda Pavia universitetida gastroenterologiya boʻyicha tahsil oldi[3]. Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiyaning fashistlarga qarshilik koʻrsatishida, Genuyani ozod qilish uchun harbiy harakatlarda qatnashgan[4]. 1945-yilda Kalabrese Campi Salentinaga qaytib keldi va u yerda uch oʻgʻlining bevaqt vafot etganiga bagʻishlangan „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasiga asos soldi[5]. Besh yil oʻtgach, 1951-yilda oʻzi direktorlik qilgan Padre Pio da Pietrelcina kasalxonasining poydevorini qoʻydi[6]. U 1973-yil 30-noyabrda miokard infarktidan keyin Bolonyada vafot etdi[7].

Manbalar

tahrir
  1. Bruno Pellegrino e Alfredo Calabrese (a cura di Mario Casella e Luca Calabrese), Salvatore Calabrese un personaggio del Novecento Salentino; scritti e testimonianze (in Italian), p. 16
  2. Pellegrino e Calabrese, op. cit., p. 57
  3. Pellegrino e Calabrese, op. cit., p. 17
  4. Pellegrino e Calabrese, op. cit., p. 19
  5. Pellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 19-20
  6. Pellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 19-25
  7. Pellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 25-27