Samuel H. Altman (talaffuzi: Samuel H. Oltmen; 1985-yil 22-aprelda tugʻilgan) — amerikalik ishbilarmon, investor va dasturchi[1], OpenAI shirkati bosh ijrochi direktori, Y Combinator shirkatining sobiq prezidenti[2][3]. Bundan tashqari, u Loopt (2005-yilda asos solingan) va Worldcoin (2020-yilda asos solingan) shirkatlari hamasoschisi hamdir.

Sam Altman

Altman 2019-yilda
Tavalludi
Samuel H. Altman

22-aprel 1985-yil (1985-04-22) (39 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Stanford universiteti (tashlab ketgan)
Veb-sayti Rasmiy sayti Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash

Hayoti tahrir

Altman 1985-yil 22-aprelda yahudiy oilasida dunyoga kelgan[4]. Bolaligi Missuri shtatining Saint Louis shahrida oʻtgan; onasi — dermatolog. Altman hayotidagi birinchi kompyuterini sakkiz yoshida olgan[5]. John Burroughs (talaffuzi: Jon Berrouz) maktabida tahsil olgan. Maktabni tamomlagach, oʻqishni Stanford universitetining informatika fakultetida davom ettirgan. 2005-yilda esa universitetni tashlab ketgan[6]. 2017-yilda Waterloo universiteti faxriy unvonini olgan[7].

Ish faoliyati tahrir

OpenAI tahrir

Altman OpenAI nomli cheklangan foyda keltiruvchi tadqiqot kompaniyasining bosh ijrochi direktoridir. Ushbu shirkat sunʼiy ongni butun insoniyatga foyda keltirishi mumkin boʻlgan tarzda rivojlantirishni maqsad qilgan[8]. OpenAI avvalboshda Altman, Brockman, Elon Musk, Jessica Livingston, Peter Thiel, Amazon Web Services, Infosys va YC Research tarafidan moliyalashtirilgan. Unga 2015-yilda jami $1 milliarddan ortiq sarmoya bilan asos solingan[9].

Shaxsiy hayoti tahrir

Altman bolaligidan beri vegetariandir[10][11]. Bundan tashqari, u gey boʻlib[12], Loopt shirkati asoschilaridan biri boʻlgan Nick Sivo bilan toʻqqiz yil davomida munosabatda boʻlgan[13].

Altman 2024-yilning 11-yanvarida Oliver Mulherin bilan nikohdan oʻtdi. Juftlik ilk bor birgalikda Hindistonning bosh vaziri Narendra Modi xonadonidagi kechki ziyofatda koʻrinish bergan[14].

Manbalar tahrir

  1. „Sam Altman“. SamAltman.com. 11-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
  2. Graham, Paul „Sam Altman for President“. Y Combinator (24-aprel 2014-yil). 25-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2017-yil.
  3. „OpenAI“ (12-dekabr 2015-yil). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2017-yil.
  4. Friend, Tad (3–oktabr 2016–yil). „Sam Altman's Manifest Destiny“. The New Yorker. 17–may 2017–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17–may 2017–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  5. Junod, Tom „How Venture Capitalists Find Opportunities in the Future“. Esquire (18-dekabr 2014-yil). 20-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
  6. „People“. Y Combinator. 25-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
  7. „Spring 2017 honorary and award recipients“. Registrar's Office. University of Waterloo. 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2017-yil.
  8. „OpenAI“ (12-dekabr 2015-yil). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
  9. Olanoff, Drew „Artificial Intelligence Nonprofit OpenAI Launches With Backing From Elon Musk And Sam Altman“ (inglizcha). TechCrunch (11-dekabr 2015-yil). 20-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
  10. Altman, Sam „Productivity“. Sam Altman (10-aprel 2018-yil). 31-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  11. „Fireside Chat with Sam Altman“. Rescale (24-fevral 2020-yil). 3-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  12. Tech Pride: Sam Altman (inglizcha), 3–fevral 2023–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21–yanvar 2023–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  13. Friend, Tad „Sam Altman's Manifest Destiny“. New Yorker (3-oktabr 2016-yil). 17-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-fevral 2020-yil.
  14. „Sam Altman and Oliver Mulherin Are Married? Photo of OpenAI CEO and Partner Exchanging Rings Go Viral“. latestly.com. Qaraldi: 11-yanvar 2024-yil.

Havolalar tahrir