Sam Steel (talaffuzi: Sem Stil, 1998-yil 3-fevralda tugʻilgan) Kanadalik professional xokkeychi boʻlib, hozirda Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Minnesota Wild jamoasida oʻynaydi. Steel Anaheim Ducks jamoasi tomonidan 2016-yilgi NHL draftida 30-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan.

Sam Steel
Tugʻilgan joyi 3-fevral 1998-yil (1998-02-03) (26 yosh)
Sherwood Park, Alberta, Kanada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 186 lb (84 kg; 13 st 4 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Minnesota Wild
Anaheim Ducks
NHLga kirish drafti 30-oʻrin, 2016
Anaheim Ducks
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Steel ilk bor yoshligida oʻzining tugʻilgan shahri, Alberta shtatidagi Sherwood Park oʻsmirlar xokkey jamoasida oʻynagan. Steel Regina Pats jamoasi tomonidan 2013-yilgiGʻarbiy Xokkey Ligasining (WHL) Bantam draftida ikkinchi umumiy tanlov bilan jamoa tarkibiga tanlangan. 2013-yil 28-avgustda u Pats bilan shartnoma imzolagan[1]. Steel 2013—2014-yilgi mavsumni Regina Pats bilan beshta oʻyinda ishtirok etgan holda yakunlagan.

2015—2016-yillarda Regina bilan oʻzining ikkinchi toʻliq mavsumini tugatgandan soʻng, Steel Anaheim Ducks jamoasi tomonidan 2016-yilgi NHL draftining yakuniy tanlovi sifatida jamoa tarkibiga tanlangan[2]. 2016-yil 21-dekabrda Steel Anaheim bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[3].

2016—2017-yilgi mavsumda WHLda gol urish boʻyicha yetakchilik qilgan Steel, WHLning yilning eng yaxshi xokkeychisiga beriladigan To'rt Broncos Memorial Trophy mukofoti bilan taqdirlangan[4].

Steel 2018—2019-yilgi mavsumda Ducks jamoasiga qoʻshilgan va 4-oktyabr kuni San Jose Sharksga qarshi oʻyinda NHL debyutini oʻtkazgan[5]. U NHLdagi ilk golini 21-oktyabr kuni Buffalo Sabersga qarshi o‘yinda (4:2) urgan[6]. Steel oʻzining NHLdagi ilk xet-trikini 2019-yil 26-mart kuni Vancouver Canuks jamoasi ustidan 5:4 hisobidagi gʻalabada qayd etib, Ducks tarixida doimiy mavsumda xet-trik qayd etgan eng yosh Xokkeychiga aylangan[7].

2022-yil 30-avgustda Steel Minnesota Wild bilan bir yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[8].

Xalqaro mukofotlari tahrir

Medal soni
 Kanada vakili
Erkaklar muz xokkeyi
O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati
Oltin 2018-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi xokkey bo‘yicha jahon chempionati

2017-yil 15-dekabrda Steel IIHF U20 Jahon chempionatida Kanadani himoya qilish uchun 22 kishilik jamoa roʻyxatiga kiritilgan[9][10].

Shaxsiy hayoti tahrir

Steelning akasi Patrick ham xokkey oʻynaydi. U 2011-yilda Junior A xokkey turnirida oʻynab yurganida, akasi Patrick aniqlanmagan yurak kasalligidan vafot etgan[11].

Jamoalardagi faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2013—2014 Sherwood Park Crusaders AJHL 1 0 0 0 0
2013—2014 Regina Pats WHL 5 0 0 0 0 2 0 0 0 0
2014—2015 Regina Pats WHL 61 17 37 54 16
2015—2016 Regina Pats WHL 72 23 47 70 24 12 6 10 16 4
2016—2017 Regina Pats WHL 66 50 81 131 40 23 11 19 30 8
2017—2018 Regina Pats WHL 54 33 50 83 18 7 1 10 11 2
2018—2019 Anaheim Ducks NHL 22 6 5 11 8
2018—2019 San Diego Gulls AHL 53 20 21 41 24 16 6 7 13 8
2019—2020 Anaheim Ducks NHL 65 6 16 22 20
2020—2021 Anaheim Ducks NHL 42 6 6 12 8
2021—2022 Anaheim Ducks NHL 68 6 14 20 16
NHLdagi umumiy ochkolari 197 24 41 65 52

Xalqaro mukofotlari tahrir

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2014 Canada Black U17 7 5 1 2 3 4
2015 Canada IH18   4 1 2 3 2
2018 Canada WJC   7 4 5 9 0
Oʻsmirlar jamoasidagi mukofotlari 16 6 9 15 6

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofot Yil
WHL
CHL eng yaxshi istiqbollari oʻyini 2016
Sharqiy birinchi yulduzlar jamoasi 2017
Bob Clarke kubogi 2017
Toʻrt Broncos Memorial Trophy 2017
CHL toʻpurari sovrini 2017
Stafford Smythe Memorial Trophy 2018

Manbalar tahrir

  1. „Pats sign prospect Sam Steel“. Regina Pats (2013-yil 28-avgust). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  2. „Ducks select Max Jones, Sam Steel in first round of 2016 draft“. Anaheim Ducks (2016-yil 24-iyun). Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
  3. „Ducks sign Steel to three-year, entry-level contract“. Anaheim Ducks (2016-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
  4. „Pats' Sam Steel named WHL Player of the Year“ (en-US). Regina Leader-Post (2017-yil 3-may). Qaraldi: 2017-yil 3-may.
  5. Gilmore. „Rakell, Silfverberg help Ducks spoil Karlsson's Sharks debut“. NHL.com (2018-yil 4-oktyabr). — „Forwards Sam Steel and Kiefer Sherwood each made his NHL debut for Anaheim“. Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr.
  6. Arritt. „Sabres rally, finish road trip with win against Ducks“. NHL.com (2018-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr.
  7. „Ducks rookie Sam Steel notches first hat trick in win over Canucks“. sportsnet.ca (2019-yil 26-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
  8. „Minnesota Wild Signs Center Sam Steel to a One-Year Contract“. NHL.com.
  9. „Steel cracks Team Canada, Mahura cut“. Regina Leader Post (2017-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  10. „CANADIAN ROSTER SET FOR 2018 IIHF WORLD JUNIOR CHAMPIONSHIP“. hockeycanada.ca (2017-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  11. „Regina Pats captain Sam Steel always ready for his next challenge“. sportsnet.ca (2018-yil 16-fevral). Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr.