Andoza:SamDTU Akademik litsey

Asosiy ma'lumotlar tahrir

Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi akademik litsey 2004-2005 o'quv yilidan o'z faoliyatini boshlagan. SamDTU akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

 
SamDTU akademik litseyi

Akademik litsey dastlab Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi 1-son akademik litsey nomida faoliyat yuritgan. Hozirgi vaqtda esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ning 2017-yil 26-sentabrdagi „Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlari maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PQ-3290-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligining 2017-yil 2-oktabrdagi № 583-sonli buyrugʻi asosida akademik litsey Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga oʻtkazildi va „Samarqand Davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi“ nomi bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda.


Umumiy ma'lumotlar tahrir

Manzil Samarqand shahar Vohid Abdullayev ko'chasi, 14-uy. Samarqand sh.
Binoning qurilgan yili 2003-yil
O'quvchilar soni 325
Quvvati 825
O'qituvchilar soni 52
Kasblar Tabiiy fanlar (Biologiya, Kimyo)
Binolar soni 2
Yer maydoni 2.4 Ga
O'quv xonalar 60
Yotoqxona 200 o'rinli
Sport zal 12X24 m
Oshxona 200 o'rinli
Vazirlik Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Mavjud kafedralar tahrir

Hozirda SamDTU akademik litseyida ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan 4 ta:

  • Biologiya
  • Kimyo
  • Ijtimoiy fanlar va Tillar
  • Aniq fanlar

kafedralari „Akademik litsey fan kafedralari toʻgʻrisidagi naʼmunaviy nizom“ga asosan oʻz ish faoliyatlarini olib bormoqda.


Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

[1] [2] [3]

  1. „SAMARQAND TIBBIYOT INSTITUTI HUZURIDAGI 1-CHI AKADEMIK LISEYI - Samarqandda“. goldenpages.uz (4-mart 2021-yil). Qaraldi: 30-mart 2024-yil.
  2. „Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi“. Sammu. Qaraldi: 29-mart 2024-yil.
  3. SamMU Education. „Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 9 - sinf bitiruvchilarni o'qishga taklif qiladi“. facebook.com (20-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-mart 2024-yil.