Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti


Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti – iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi 216-son qaroriga asosan, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali negizida tashkil etilgan. Institutda 2 ta fakultet (agrobiologiya, iqtisodiyot va boshqaruv), 5 ta tadqiqot markazlari, 8 ta kafedralar, 3 ta laboratoriya, ochiq va yopiq sport majmualari, tadqiqotlar olib borish uchun 50 gektar „Axborot maslaxat markazi“ faoliyat yuritmoqda. Taʼlimning bakalavriatura (kunduzgi va sirtqi), magistratura hamda doktorantura shakllarida kadrlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, Institutda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Finlandiya, Latviya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning turli universitetlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
(SamATI)
Asl nomi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Xalqaro nomi Samarkand Agroinnovations and Research University
Asos solingan 2020-yil
Oʻquv yurti turi institut
Rektori Hasanov Shavkat Tursunkulovich
Talabalari 1575 ta
Fakultetlar 2 ta
Bakalavriat Mavjud
Magistratura Mavjud
Doktorantura Mavjud
Professorlar 3 ta ta
Oʻqituvchilar 94 ta ta
Manzili Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed qo‘rg‘oni, A.Temur ko’chasi 7
Vebsayti https://samaguni.uz/

Fakultetlar tahrir

Hozirgi kunda institutda bakalavriatning 10 ta yoʻnalishi boʻyicha 2 ta fakultetda oʻqitish ishlari amalga oshirilmoqda:

  • Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
  • Agrobiologiya fakulteti

Bakalavr taʼlim yoʻnalishi mutaxassisligi:

60Z10100 – Iqtisodiyot (qishloq xoʻjaligida);

60410100 _ Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo, jaligida);

60410300 – Biznesni boshqarish (qishloq xoʻjaligida);

60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar);

60810100 – Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish;

60810700 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik;

60810900 – Agronomiua (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo' yicha);

60811000 – Oʻsimlilar karantini va himoyasi;

60811200 – Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha);

60811300 – Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha);

60811500 – Zooinjeneriya (turlari boʻyicha);

b0811800 – Meva – sabzavotchilik va uzumchilik;

60812100 – Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi;

60820100 – Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish;

61010400 – Turizm (agroturizm).

Magistratura mutaxassisligi:

70310102 – Iqtisodiyot (qishloq xoʻjaligida);

70Z10109 – Bioiqtisodiyot;

703 l020l – Ekonometrika;

70410101 – Buxgalteriya hisobi (qishloq xoʻjaligida);

70810101 – Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʻyicha);

70810702 – Agrokimyo;

70810902 – Oʻsimlikshunoslik (gulchilik);

70810903 – Organik dehqonchilik va oziq -ovqat xavfsizligi;

70811001 – Oʻsimliklar karantini va himoyasi (usullari boʻyicha);

70811201 – Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha);

70811301 -Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha);

7081180Z – Uzumchilik va vinochilik;

70811805 – Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik;

70812101 – Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi.

DOKTORANTURA IXTISOSLIKLARI:

05.07.01 – Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalarini mexanizatsiyalash;

06.01.05 – Seleksiya va urugʻchilik;

06.01.06 – Sabzavotchilik;

0b.01.08 – O’simlikshunoslik;

06.01.09 – Oʻsimliklarni himoya qilish;

06.0l.11- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash;

06.03.0Z -Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi;

08.00.04 – Qishloq xoʻjalik iqtisodiyoti;

13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (taʼlim falsafasi).

Kafedralar tahrir

  • Iqtisodiyot va biznes kafedrasi
  • Raqamli texnologiyalar va buxgalteriya hisobi kafedrasi
  • Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi kafedrasi
  • Agroinjeneriya kafedrasi
  • Agrobiotexnologiya kafedrasi
  • Agrokimyo, tuproqshunoslik va oʻsimliklar himoyasi kafedrasi
  • Oʻsimlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedrasi
  • Fundamental va gumanitar fanlar kafedrasi

Xorijiy xamkor tahrir

Bo‘limning asosiy maqsadi: Institut ta’lim sifati va xalqaro ko‘lamda nufuzini oshirishda xorij OTMlari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshirish.

Bo‘lim faoliyati haqida

Bo‘lim, professor-o‘qituvchilar va talabalarni xorijda o‘qish, malaka oshirish, stajirovka o‘tashi, ilmiy seminarlar, xalqaro konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishini ta‘minlash bilan xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish hamda o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘quv jarayoni va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

Bo‘limning vazifalari

-xorij safarlariga yuborilayotgan institutning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish;

-institutda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarga ko‘mak berish, ularni monitoringini olib borish va har chorakda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hisobot kiritish;

-institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun seminar va davra suhbatlarini tashkil qilish;

-institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;

-o‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;

-xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish;

-xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga institut professor-o‘qituvchilari, stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilar, magistrant va talabalarni tavsiya etish;

-e’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va institut kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosida bevosita ishtirok etish;

-xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetlarga yetkazish.

Xorijiy hamkorlar

-2020-yil 20-oktabrdan 2025-ylgacha Internship International MChJ Germaniya qishloq xo‘jaligi amaliyot dasturi bo‘yicha shartnoma

-2021-yil 21-maydan 2026-yilgacha Finlandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti bilan Erasmus+ dasturi BioEcoUz(O‘zbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot bo‘yicha yangi o‘quv dasturi) shartnoma

-2021-yil 21-maydan 2026-yilgacha  Latviyaning Vitautas Magnus universiteti bilan Erasmus+ dasturi BioEcoUz(O‘zbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot bo‘yicha yangi o‘quv dasturi) shartnoma

-2021-yil 14-apreldan 2026-yilgacha Janubiy Koreyaning Jeju milliy universiteti va TDAUSF o‘rtasida talabalar almashinuvi dasturi asosida hamkorlik        -2021-yil 1-dekabrdan 2026-yilgacha Rosssiya Federatsiyasining Janubiy Ural Davlat Agrar Universiteti bilan o‘quv va ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma.

-2021-yil 21-maydan 5-yilga Latviya bilan Erasmus+ dasturi BioEcoUz(O‘zbekistonda barqaror bio-iqtisodiyot bo‘yicha yangi o‘quv dasturi)

-2021-yil 29-sentabrdan 2031-yilgacha Rossiya Fanlar Akademiyasi O‘simliklar fiziologiyasi instituti bilan O‘quv va ilmiy soxada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma

-2021-yil 16-iyundan 2026-yilgacha Rossiya Federatsiyasining FDB ОТМ N.В. Paraxina nomidagi Orlovskiy davlat agrar universiteti bilan shartnoma

2021-yil 15-apreldan 2026-yilgacha Germaniyaning Praktikum 4 people bilan amaliyot dasturi bo‘yicha shartoma

2021-yil 1-apreldan 2026-yilgacha JD East  Germaniya  federativ Respublikasi talabalar amaliyot dasturi bilan hamkorlik

-2022-yil 1-apreldan 2027-yilgacha Warsaw University of Life Sciences – SGGW, Poland o‘quv va ilmiy soxada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma

-2022-yildan 2023-yilgacha Ruminiyaning University of Agricultural Sciences and Veterinary Medicine of Cluj-Napoca Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi

-2022-yildan 2023-yilgacha Polsha University of Porto Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi

-2022-yildan  Bolgariya D. A. Academy of Economics – Svishtov Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi

- 2022-yil 2-martdan 2027-yilgacha Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan O‘quv va ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandum

-2022-yil 20-fevraldan 2025-yilgacha Xitoyning Annexsure financial solutions limited Hong Kong bilan O‘quv va ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik

-2023-yil 24-fevraldan  2028-yilgacha Xitoyning Xinjiang Agricultural University (XJAU) oʼquv va ilmiy sohada oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha shartnoma

-2023-yil 4-yanvardan 2028-yilgacha Germaniyaning iamo bilan Tadqiqot va kichik ilmiy xodimlarni malakasini oshirish sohasidagi hamkorlik

-2023-yil 22-fevraldan 2028-yilgacha Germaniyaning LOGO e.V . dasturi bilan Qishloq xo‘jaligida talabalarni amaliytoga yuborish bo‘yicha shartnoma

-2023-yil 24-fevraldan 2028-yilgacha Qozog‘istonning ATYRAU universiteti bilan O‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2023-yil 14-apreldan 2028-yilgacha Irlandiyaning IICRR bilan O‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2023-yil 30-yanvardan 2028-yilgacha Vengriyaning HUNGARIAN UBIVERSITY OF AGRICULTURE AND LIFE SCIENCES o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2023-yil 14- noyabrdan 2028-yilgacha Turkiyaning ISPARTA universiteti bilan o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2023-yil 14- noyabrdan 2028-yilgacha Turkiyaning SIIRT universiteti bilan o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2023-yil 14- noyabrdan 2028-yilgacha Turkiyaning Chorux universiteti bilan o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2023-yilning 10-oktabrdan 2029-yilgacha Germaniyaning NURBERGER dasturi bilan kasbiy malaka oshirish yuzasidan shartnoma

-2023-yil 20-noyabrdan 2028-yilgacha Buyuk Britaniyaning HOPS kompaniyasi bilan Kasbiy malaka oshirish yuzasidan shartnoma

-2023-yil 24-oktabrdan 2028-yilgacha Germaniyaning STAFF & DA dasturi bilan kasbiy malaka oshirish yuzasidan shartnoma

-2024-yil 7-martdan 2029-yilgacha Ukrainaning Krakov Universiteti bilan o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2024-yildan 2029-yilgacha Qozog‘iston ABYLKAS SAGINOV Karaganda technical university o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma

-2024-yil 31-yanvardan 2029-yilgacha Janubiy Koreyaning Andong milliy universiteti bilan o‘quv va ilmiy sohada hamkorlik qilish uchun shartnoma