Samarqandning oʻrta asr tangasi

Samarqand Oʻrta asr tangasi. 1896-yili V.V.Bartold Sankt-Peterburg universitetidagi tangalarni tadqiq etayotib, Samarqandda 1264-65 yillari zabt etilgan, yozuvlari turkiy tilda bitilgan 5 ta mis tanga topilgan. 1941-yili esa Samarqand atrofida oʻsha davrdagi ustiga kumush yugurtirilgan shu xil 43 ta mis dirham topilgan. Tangalar Chigʻatoy honi, Baydarning oʻgʻli va Chigʻatoyning nevarasi, 1260-66 yillari hukmronlik qilgan Olgʻuning zarbxonasiga tegishli boʻlgan.

Bunday tangalarning averz(yuz) va reverz(orqa) tomonlaridagi aylana bitikda zarb qilishga doir maʼlumotlar arab yozuvida keltirilgan.

Bu tangalar Qorahoniylar joriy etgan mis dirhamlar sirasiga kiradi, lekin ular Xorazmshohlar va moʻgʻullar hukmronligi davrida ham zarb qilingan. Shu turdagi tangalarning eng qadimiysi — Ermitajda saqlanayotgan 474/1081-82 yilga mansub.

XI asrning 30 yillaridan boshlab to XIII asrning ikkinchi yarmiga qadar butun musulmon olami kabi Oʻrta Osio ham kumush tanqisligiga uchragan. Kumush yetishmaganligi sababli, tangalar mis va oltin zarb qilingan. Kumush tanga oʻrnini bosuvchi ustiga kumush yugirtirilgan mis dirhamlar aynan shu davrda chiqarilib, majburiy muomalaga chiqarilgan „tahdidli“ yozuvlarning siri ham shunda. Bu tangalar qariyb 30 yil davomida faqat Samarqandning oʻzida va atrofida savdo ishlari olib boorish uchungina zarb qilingan. Samarqandning turkiy tildagi yozuvli tangalari davlat tomonidan chiqarilib, katta miqdorda zarb qilingan. Shu vaqtda shaharda kumush yugurtirilgan shunga oʻxshash fors tilidagi yozuvli mis tangalar ham chiqarilgan. Forsiy bitiklar XV-XVI asrlardagi ayrim tangalarda ham uchraydi. Amir Temur tangalarida esa arabiy, forsiy yozuvlardan tashqari turkiy va moʻgʻul yozuvlari ham koʻzga tashlanadi.

Oʻrta Osiyoda Somoniylardan tortib Shahboniyxonlargacha boʻlgan hukmdorlar zarb etgan tangalardagi yozuvlarning bari faqat arab tilida bitilgan. Bu tangalarning eng qadimiysi 384/994-95 yilga, keyingilari esa 472/1079-80 yilga tegishli. Uygʻur yozuvli tangalar Sharqiy Turkistondan tashqari Oʻrta Osiyoda ham, yaʼni Samarqand, Buxoro, Kesh va boshqa shaharlarda zarb qilingan.

Oʻrta Osiyoda Gʻarbiy Eron (fors) toponimiyasining faol shakllanishi arab istilosi davrida boshlangan. Aynan shu davrda muomalaga yangi forsiy topoformantlar „qishloq“ maʼnosidagi -deh va -obod kirib keladi va Oʻrta Osiyoda kelib chiqishi Garbiy Eron boʻlgan yangi fors ili (forsiy) bilan birgalikda keng tarqaladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsiddin Kamoliddinov, Ergash Umarov. Zafar Hakimov. „Moziydan Sabo“. 4.(44).2009.