Sanʼat Azizova
Azizova San’at Sobirovna (1934.18.6, Toshkent) – farmakolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1974), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻsimliklar kimyosi instituti farmakologiya laboratoriyada ilmiy xodim (1958 – 72). Toshkent pediatriya tibbiyot instituti farmako-logiya kafedrasi mudiri (1972-yildan). Asosiy ilmiy ishlari yurak glikozidlarining yurak kasalliklariga, xususan infarqtga ta’sirini eksperimental oʻrganishga oid. S.Azizova tibbiyot instituti talabalari uchun "Farmakologiya" darsligi muallifi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |