Sanʼat Abdulloyevich Muhammadiyev (1940-yil 27-iyun, Samarqand shahri, Orifjonboy guzari, hozirgi Osim Ismatiy) – gelmintolog, biologiya fanlari doktori (1980), professor (1989). Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika xodimi (1991)[1].

Sanʼat Abdulloyevich Muhammadiyev
Tavalludi 1940-yil 27-iyun
Samarqand
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi biolog
Taʼlimi Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti

Hayoti

tahrir

Sanʼat Muhammadiyev 1940-yil 27-iyunda Samarqand shahrida tugʻilgan. Siyobdag 5-sonli oʻrta maktabda oʻqigan. Maktabn 1957-yilda tamomlagan. Oʻrta maktabdan soʻng 1959—1962-yillarda Samarqand qishloq xoʻjalik institutining veterinariya fakultetida oʻqigan. Mehnat faoliyatini Tojikiston Fanlar akademiyasida boshlagan. 1962—1963-yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasida stajyor-tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan. SSSR Fanlar akademiyasining gelmintologiya boʻlimi doktoranti (1963—1965). 1965—1968-yillarda aspiranturada tahsil olgan.Tojikiston fanlar akademiyasida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1968—1979). 1981—983-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining gelmintologiya boʻlimida ishlagan. 1986-yilda „SSSR qoramol gelmintlari, turlari tarkibi, asosiy gelmintozlarning geografik, ekologik va epizootologik tahlili“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Katta ilmiy xodim (1979—1986), katta ilmiy rahbar (1986—1988)boʻlib ishlagan. Tojikiston agrar universitetida dars bergan (1988—1993)[2].

Sanʼat Muhammadiyev 1993-yilda Samarqandga koʻchib keldi. Samarqand davlat universiteti biologiya fanlari katta ilmiy xodimi (1993—1995), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimi mudiri (1995—2000), dotsent (2000) boʻlib ishlagan. Samarqand viloyati pedagoglar malakasini oshirish universitetida tibbiyot fanlaridan dars bergan va ayni paytda Samarqand davlat chet tillar universiteti ekologiya va tibbiyot fanlari professori, kafedra mudiri. Rossiya Fanlar Akademiyasi Maxsus Kengashi aʼzosi, Samarqand Davlat chet tillar universiteti va Samarqand viloyati Oʻqituvchilar malakasini oshirish ilmiy kengashi aʼzosi, „Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi“ jurnali tahririyati aʼzosi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

300 ga yaqin tezislar, ilmiy va ommaviy ilmiy maqolalar, koʻplab uslubiy qoʻllanmalar, monografiyalar muallifi[3].

  • “Гелминтҳои чорвои калони шохдор ва қӯтосҳои Тоҷ”. (Д., 1991), “Муайянкунандаи гелминтҳои чорвои калони шохдори СССР” (М., 1991), “Дастури таълим аз фанни экология” (1995),
  • “Табиат вуҷуди мост” (1995),
  • “Аманкутан - сокровище природы” (1997),
  • “Экология ва муҳофизати табиат” (ба заб. тоҷ., 2001, ба заб. ӯзб., 2002),
  • “Паразитологияи умумӣ”

Manbalar

tahrir