San-xoseKosta-Rika poytaxti. Irasu va Poas harakatdagi vulkanlari yaqinida, Markaziy vodiy platosida, 1170 m balandlikda joylashgan. Aholisi 324 ming kishi (1990-yillar oxiri). Iqlimi subekvatorial iqlim, oʻrtacha temperatura yanvarda 18°, iyulda 21°, yillik yogʻin 1850 mm. Transamerika shossesidagi yirik transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, tamaki sanoati korxonalari mavjud. Milliy teatr, milliy muzey, universitet, Tarix va Til akademiyalari, kutubxonalar bor. Shaharga 1737—38 yillarda asos solingan. 18-asrda tamaki sanoatining yirik markazi boʻlgan. Teztez zilzila boʻlib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, Prezident saroyi, Milliy saroy, teatr binosi va boshqa saqlangan. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil