Bosh menuni ochish

San-SalvadorEl Salvador poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Amakas daryosi vodiysida, SanSalvador vulkani etagida, 700 m balandlikda joylashgan. Iklimi tropik iqlim, oʻrtacha oylik tralar 22—24,6°, yillik yogʻin 1700 mm. Aholisi 423 ming kishi (shahar atrofi bilan 1,5 mln. kishi, 1990 yillaroʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari bor. Kimyoviy oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. S.da untlar, Salvador akademiyasi, Salvador Tarix akademiyasi, texnika instituti, milliy kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shahar 1525 yilda ispanlar tomonidan indeyslarning Kuskatlan shahri oʻrnida bunyod etilgan. 16— 19-asr boshlarida Gvatemalaning Salvador generalkapitanligi maʼmuriy markazi. 1834—39 yillarda Markaziy Amerika birlashgan provinsiyalari federatsiyasi. 1841 yildan Salvador Respublikasi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan cherkov (1783), sobor, milliy teatr binosi, saroy (1902—07) va boshqa saqlangan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil